🫡 Eduardu Kamavinga:
— Jahon chempionati haqida:
To'g'risi, JChni o'tkazib yuborish men uchun og'ir zarba bo'ldi. Hayotimda hamma narsa juda tez sodir bo'ldi, shuning uchun bunday hafsalasizlikka ilk bor duch keldim.
Asosiysi — bundan o'zimga kelishni bilish.
— O'z pozitsiyasi haqida:
Jamoamizda chap qanot himoyachilari yetarli, shuning uchun omadim bor: men tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynashim yoki sakkizinchi raqam rolida harakat qilishim mumkin.
Sevimli pozitsiyamga kelsak — o'ylaymanki, uni allaqachon bilasiz (kuladi).
— Zidan tomonidan terma jamoaga chaqirilishi haqida:
Bu juda muhim, men uchun bu g'alaba. Bu qo'l qovushtirib o'tirmaganim va safga qaytishga muvaffaq bo'lganimni isbotlaydi.
Endi bildirilgan ishonchni oqlashim kerak.
— Ertangi Belgiyaga qarshi o'yin haqida:
Ertaga Kurtua Belgiya terma jamoasi safida o'ynamasligidan juda xursandman (kuladi).
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!