Eduardo Kamavinga: «Mbappe himoyada yordam berishga qodir»
«Madrid» yarim himoyachisining matbuot anjumani
«Shubhasiz, 2026-yilgi Jahon chempionati uchun Fransiya terma jamoasi qaydnomasiga kirmaslik meni ruhiy jihatdan qiynadi. Hayotimda hamma narsa juda tez sodir bo'lmoqda, shuning uchun umidsizlik — men uchun yangi hislar. Qanday bo'lmasin, eng muhimi — bu vaziyatdan o'tib ketish. Rim bir kunda qurilmagan. Oldinda hali vaqtim ko'p».
«Zidan qo'l ostida Fransiya terma jamoasiga chaqiruv olish men uchun juda muhim. Bu xuddi g'alaba kabi. Bu taslim bo'lmaganimni va avvalgi darajamga qayta olganimni ko'rsatadi. Endi menga bildirilgan ishonchni oqlashim kerak. Avvaliga Zidan qarshisida bo'lish o'zgacha va biroz g'alati tuyuldi. Biz hammamiz uning Fransiya uchun nimalarni anglatishini bilamiz».
«Terma jamoada chap qanot himoyachisi sifatida o'ynay olamanmi? Jamoada chap qanot himoyachilari yetarlicha. Shuning uchun bu variantdan voz kechishimiz mumkin (kuladi). Jamoaga yordam berish uchun tayanch yarim himoyachisi yoki markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynay olaman. Eng ma'qul pozitsiyam? Buni o'zingiz ham bilasiz (kuladi)».
««Madrid» asosiy tarkib o'yinchisi bo'lishim uchun nima yetishmayapti? Albatta, barqarorlik. Ilgari ham o'zimni yaxshi ko'rsatganman, lekin aynan barqarorlik muhim. Maydonda diqqatni jamlash va imkon qadar kamroq xato qilish kerak».
«Mbappening Fransiya terma jamoasida chap qanot hujumchisi sifatida o'ynashi haqida? Kilian 2022-yilda ham chap qanotda o'ynagan. Bilaman, Zidan qo'l ostida u bu pozitsiyada yaxshi o'yin ko'rsatadi. Mbappe himoyada yordam berishga qodir-mi? Ha. Sizga aksini aytmoqchi emasman. Men hujumchilardan aqldan ozgan darajadagi himoya ishlarini bajarishni so'ramayman. Biz ulardan shunchaki o'z ishlarini qilishlarini so'raymiz. Agar biz, qolgan futbolchilar, hujumchilarni himoya qilish uchun qora ishni bajarishimiz kerak bo'lsa, bu biz uchun muammo emas».
«Kurtua Fransiya va Belgiya o'rtasidagi ertangi o'yinda maydonga tushmasligidan juda xursandman (kuladi)».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!