🗣 Erik ten Xag:
🗣 «Yunayted» afsonalarining tanqidi haqida
«Sobiq futbolchilar doimo o'z merosini himoya qilishga intilishadi. Bunday holat «Bavariya»da ham, «Ayaks»da ham kuzatiladi.
Men «Manchester Yunayted» afsonalarini erishgan barcha yutuqlari uchun hurmat qilaman. Ammo ular klub ichida nimalar bo'layotganini doim ham bilishmaydi.
Gari Nevill va Rio Ferdinand bilan munosabatlarim yaxshi edi. Ularning tanqidi menga ta'sir qilmadi.
Biroq, bunday fikrlar ba'zida amaldagi futbolchilarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'ylaymanki, sobiq futbolchilar jamoaga ko'proq yordam berishlari mumkin edi.
Garchi, balki eng ko'p yaxshi ko'rgan narsangizni eng qattiq tanqid qilar ekansiz».
🗣 Jeydon Sancho bilan mojaro haqida
«Muammo Sancho o'ng qanotda o'ynashni istamagani sababli yuzaga keldi.
Bu g'alati ko'rinardi, chunki u avvalroq aynan shu pozitsiyada muntazam o'ynagan.
Jeydon chap qanotda o'zini qulayroq his qilishini aytgandi. Shu sababli bizda qiyinchiliklar paydo bo'ldi va vaqt yo'qotdik».
🗣 Antoni transferi haqida
«Men hech qachon futbolchilarni shaxsiy simpatiyalarim yoki ular bilan avval ishlaganim uchun tanlamayman.
Men uchun o'yin sifati, xarakteristikasi va jamoa talablariga mosligi muhim.
Klub kimni sotib olgani yoki kimni shaxsan men taklif qilganim muhim emas. Bunday masalalarda doimo professional mezonlarga tayanaman».
🗣 «Bayer»dagi omadsiz davr haqida
«Xabi Alonso ketganidan so'ng klubda butun bir davr yakuniga yetdi. Ko'plab futbolchilar jamoani tark etishni xohlashdi va biz ularni saqlab qolish uchun kurashishga majbur bo'ldik.
Ayrimlar loyihaga to'liq berilmagandi.
Sifatli yangi futbolchilar transfer oynasining so'nggi kunlarida kelishdi, shuning uchun men ular bilan ishlashga ham ulgurmadim.
Atigi uchta o'yin — va hamkorligimiz yakunlandi».
🗣 Alexandro Garnachoning xarakteri va salohiyati haqida
«Uning hozirgi faoliyati qanday kechayotganidan afsusdaman. Men unga «Bayer»ga o'tishni taklif qilgandim, ammo u Angliyada qolishni istadi. Uning qarorini tushunaman, chunki Premer-liga — eng yaxshi chempionat.
Garnacho o'ziga xos xarakterga ega, unga alohida yondashuv kerak. Bizda mustahkam munosabatlar shakllangan.
Unga ishonadigan, qo'llab-quvvatlaydigan va g'amxo'rlik qiladigan murabbiy kerak. Unga haqiqatan ham mehr kerak.
Alexandro aqlbovar qilmas chidamlilikka ega va butun o'yin davomida intensiv yugurishlarni amalga oshira oladi.
Ba'zida u himoyadagi vazifalarini unutib qo'yadi, konsentratsiyani yo'qotadi yoki egoistik harakat qiladi.
Ammo hujumda u ajoyib ishlarni qila oladi: raqiblarni aldab o'tish, gol urish va vaziyatlar yaratish.
Asosiysi — unga hujumdagi erkinlik va intizom o'rtasidagi muvozanatni topishga yordam berish».
🗣 INEOS bilan kelishmovchiliklar haqida
«Men INEOSga klubning to'g'ri tuzilmasini qurishga yordam berish uchun o'z tajribam va bilimimni taklif qilgandim.
Biroq ular barcha kerakli javoblarga ega ekanliklariga ishonishardi. Ularning o'z falsafasi, strategiyasi va ishlash usullari bor edi.
Ammo ular neft-kimyo sanoati, Formula-1 va velosportdan kelishgan.
Yuqori darajadagi futbol — butunlay boshqa muhit, u alohida tushunchani talab qiladi.
Zamonaviy klub doimiy ravishda rivojlanishi, innovatsiyalarni joriy etishi va murabbiyni barcha kerakli tahliliy ma'lumotlar bilan ta'minlashi kerak».
🗣 Klubdagi vakolatlarning taqsimlanishi haqida
«Men qarorlar faqat bir kishiga bog'liq bo'lmasligi kerakligiga qo'shilaman.
Ammo tarkib va taktika masalalarida oxirgi so'z bosh murabbiyda qolishi kerak.
Klub madaniyati uchun texnik direktor ko'proq javobgarlikni zimmasiga olishi, moliyaviy masalalar bilan esa bosh direktor shug'ullanishi kerak.
Har kim o'z sohasi uchun javob berishi lozim».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!