L'Equipe xabariga ko'ra, Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan va uning yordamchilari Jeremi Jakening «Liverpul» safidagi o'yinidan shunchalik taassurot olishganki, himoyachini xalqaro tanaffusda asosiy terma jamoaga chaqiriladigan futbolchilar ro'yxatiga dastlabki tarzda kiritishgan.
Agar Jeremi chaqiruv olsa, bu uning terma jamoadagi debyuti bo'ladi: bungacha u faqat Fransiya yoshlar terma jamoalarida o'ynagan va U17dan U21gacha bo'lgan barcha bosqichlardan o'tgan.
Yakuniy ro'yxat 18 sentyabr kuni e'lon qilinadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!