📰 Forxanes (AS jurnalisti):
Real Madrid Mourinyo qo'l ostida maydonda yaxlit jamoa kabi ko'rinmoqda: ishonchli, mehnatkash, himoyaga ko'proq e'tibor qaratadigan va hujumda to'g'ridan-to'g'ri o'yin ko'rsatadigan jamoa. Joze bunga futbolchilar bilan ko'plab video tahlillar o'tkazish yoki Alonso foydalanadigan boshqa zamonaviy usullar orqali emas, balki aniq g'oyalar va ularni o'zining kuchli shaxsiyati bilan uyg'unlashtirib, hayotga tatbiq etish orqali erishdi.
🖥 The Athletic: Mourinyo Madrid yig'inlarida juda talabchan bo'ldi. Shu sababli, jamoa kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazdi. Madrid murabbiylar shtabidagi manbalarning ta'kidlashicha, ba'zida futbolchilar o'rtoqlik o'yinlarida aynan mashg'ulotlardagi katta yuklamalar tufayli charchagan ko'ringan.
📰 R. Martin (AS jurnalisti):
Real Madrid himoyadan to'p bilan chiqish va yuqori pressing ustida qattiq ishlamoqda. Mourinyo ushbu jihatlarni jamoa uchun hayotiy muhim deb hisoblaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!