Cadena SER jurnalisti PakoXo: "Madrid" manbalari Mourinyoni go'yoki sehrgardek ta'riflashmoqda. Xususan, klub uning o'yinchilarga bo'lgan ishonchi va qo'llab-quvvatlashini, shuningdek, nufuzi hamda hokimiyatini alohida qayd etmoqda.
Ammo Mourinyoning nayranglaridan biri — "Real Madrid"ga qaytishidan oldinroq Peresning ishonchini qozonish edi.
M. Torres (sobiq "Madrid" himoyachisi): "Qattiqqo'l yoki talabchan murabbiy bo'lish — matbuot anjumanlarida tajovuzkor bo'lish degani emas. Menga Mourinyoning "Madrid"dagi birinchi davri yoqmagan, chunki u muxlislar o'rtasida, shuningdek, Ispaniya terma jamoasida bo'linishni keltirib chiqargandi.
Ilgari Mourinyoga tashqi dushman izlash kerak edi, endi esa yo'q. Hozirgi, yanada mulohazali Joze menga juda yoqmoqda.
Mourinyo "Madrid" rahbariyatidan mamnun va minnatdor bo'lishi kerak, chunki klub unga kerakli yangi o'yinchilarni olib berdi".
Onda Cero jurnalisti Pidal: "Mourinyo "Madrid"ga qaytish imkoniyati uchun minnatdor, menimcha, u buni kutmagan edi".
Radio Marca jurnalisti Valentin: "Ehtimol, bu "Madrid"ning ishlari yurishayotgani uchun shundaydir, ammo Mourinyo inson sifatida butunlay o'zgargan. U go'yoki "Anchelottilashgan". Uning xarakteri o'zgarganidan hayratdaman".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!