Joze Mourinyo «Real»dagi tartib-intizomni kuchaytirdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 10

Joze Mourinyo «Real»dagi tartib-intizomni kuchaytirdi

AS xabariga ko'ra, Joze Mourinyo «Real» kiyim almashtirish xonasidagi nojo'ya odatlarni aniqladi va ularni yo'q qilishga kirishdi:

⚪ Futbolchilar endi o'zlari xohlagan ishni qila olmaydilar;

⚪ Endilikda ovqatlanish uchun maxsus menyu tuzgan nutrisiolog javobgar;

⚪ Futbolchilar mashg'ulot boshlanishidan bir soat oldin Valdebebasga yetib kelishlari shart. Agar bir daqiqa kechikishsa ham, o'yinchi (maqomidan qat'i nazar) jamoa bilan birga emas, balki sport zalida yakka tartibda shug'ullanishga majbur bo'ladi;

⚪ Jarohat olgan futbolchilar endi klub bazasida, nazorat ostida tiklanishlari kerak. Tashqi mutaxassislar bilan jamoadan uzoqda davolanish taqiqlanadi;

Bundan tashqari, murabbiy jamoaviy tadbirlarni o'tkazishni juda muhim deb biladi. Shu sababli, Mourinyo futbolchilarga mashg'ulotlardan so'ng murabbiylar shtabi bilan birga tushlik qilishlari shartligini ma'lum qildi.

«Mourinyo jamoani birlashtirmoqchi. Hozir kiyim almashtirish xonasida ajoyib muhit hukm surmoqda», — deya ta'kidlashadi «Real» kiyim almashtirish xonasidagi manbalar.

Marca xabariga ko'ra, Mourinyo qaytganidan so'ng «Real» kiyim almashtirish xonasidagi muhit butunlay o'zgargan.

O'tgan mavsumda jamoada zaharli muhit hukm surgan bo'lsa, endilikda u yerda haqiqiy uyg'unlik hamda har bir mashg'ulotda sog'lom raqobat kuzatilmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!