Vinisius Junior va "Real Madrid" o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 14

Vinisius Junior va "Real Madrid" o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda

📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Real Madrid"ning Vinisius va uning agentlari bilan uchrashuvi barcha tomonlar uchun "juda ijobiy" o'tgan. Klub braziliyalik futbolchi va uning agentligi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Qirollik klubi" Vinisiusdan shartnomani uzaytirish borasida imkon qadar tezroq yakuniy javob berishni so'radi.

🖥 The Athletic (Ornshteyn va Kortegana) ma'lumotiga ko'ra, "Real Madrid" Vinisiusga shartnoma bo'yicha yaxshilangan taklif bilan chiqdi.

Yangi taklif vingerning jamoa va butun loyiha uchun qanchalik muhimligini ko'rsatadi. Avvalroq "Madrid" o'z taklifini oshirishga tayyor emas edi, ammo yakunda bunga rozi bo'ldi.

📻 Cadena SER xabariga ko'ra, "Madrid" fikridan qaytdi va Vinisiusga yaxshilangan shartnoma taklif qildi.

📰 Marca yozishicha, Vinisius "Madrid" bilan shartnomani uzaytirishi kutilmoqda.

📰 B. Fernandes xabariga ko'ra:

Vinisius kelasi mavsumda ham "Madrid"da qoladi. Futbolchi har doim "qaymoqranglilar" safida o'ynashni davom ettirishni istagan. Garchi tomonlar hali shartnomani uzaytirmagan bo'lsa-da, muzokaralar davom etmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!