Lyuis Stil yozishicha, «Liverpul» Rio Ngumoaga qiziqish bildirayotgan klublarni muzokaralar jarayoniga aralashmasliklari haqida ogohlantirgan. Klubning o'zi bu borada juda jiddiy niyatda.
«Arsenal»ning qiziqishi u qadar chuqur emas va ko'proq vaziyat bilan tanishish xarakteriga ega. Ammo «Liverpul» 2028-yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor Ngumoha bo'yicha hech qanday takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas va bitimni yanada uzaytirishni rejalashtirmoqda.
«Liverpul»da Rio kelajakda jahon darajasidagi futbolchi bo'lib yetishishiga ishonishadi va u bu mavsumda yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga umid qilishmoqda. Rioning o'zi «Liverpul»da baxtli va «Enfild»dagi hayotdan zavqlanmoqda.
Yangi shartnoma bo'yicha hozircha yangiliklar yo'q, ammo «Liverpul» so'nggi 12 oy ichidagi shiddatli o'sishi uchun uni rag'batlantirmoqchi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!