Dominik King xabariga ko'ra, "Liverpul" butun yoz davomida bir xil pozitsiyada qolmoqda: ulardan yarimhimoyachilar transferi haqida so'rashganda — Eduardo Kamavingadan tortib Tayler Adams va Lamin Kamaragacha bo'lgan ko'plab nomlar tilga olingan bo'lsa-da — javob doim bir xil: yarimhimoya chizig'i yozda kuchaytirish talab etiladigan zona emas.
🤔 Arteta buni eshitsa, nimalarni his qilishini tasavvur qila olasizmi? Yarimhimoyasi juda baquvvat bo'lgan "Arsenal" bu chiziqqa Gimaraeshni qo'shib olmoqda. Biz esa jamoa uchun muhim bo'lgan Jonsni (o'tgan mavsum 49 ta o'yin) yo'qotib, umuman hech kimni sotib olmayapmiz.
Hali ham bunga ishongim kelmayapti va oxirigacha Iraolani bunday vaziyatda yolg'iz qoldirishmasligiga ishonaman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!