Manolo Gonsales Mourinyoning Vinisius haqidagi gaplariga javob qaytardi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 23

Manolo Gonsales Mourinyoning Vinisius haqidagi gaplariga javob qaytardi

📰 AS xabariga ko'ra, Mourinyo matbuot anjumanidagi so'zlari orqali Vinisiusni doimo qo'llab-quvvatlashini aniq bildirib o'tdi.

M. Gonsales ("Espanol" ustozi): "Mourinyo "Espanol" o'yinchilari Vinisiusga nisbatan juda ko'p fol ishlatganini aytdimi? Endi unga tegish mumkin emasmi?! Futbol shunaqa. Men o'tgan o'yinda Vinisiusga nisbatan haddan tashqari qo'pollik ishlatilganini ko'rmadim.

Biz Maradona davriga qaytib, o'sha paytda nimalar bo'lganini ko'rishimiz mumkin [unga qanchalik ko'p fol ishlatilganini]. Hozirgi zamonda kameralar ko'pligini hisobga olsak, jiddiy qoidabuzarliklar jazosiz qolmaydi. Biz ataylab fol ishlatishga yoki Vinisiusni provokatsiya qilishga urinmadik.

"Madrid" bilan o'yinda sodir bo'lgan holatlar — oddiy o'yin to'qnashuvlari. Har holda, bu uchrashuvda biz Vinisiusni provokatsiya qilishga urinmadik".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!