David Ornstein xabariga ko'ra, «Vest Xem» va «Tottenxem» o'rtasida Manor Solomon transferi bo'yicha olib borilayotgan muzokaralar moliyaviy sabablarga ko'ra hozircha to'xtatilgan.
«Vest Xem» futbolchi uchun taxminan 5 million funt sterling to'lashni rejalashtirmoqda, ammo klub APLga qaytgan taqdirda «Tottenxem» talab qilayotgan bonuslar shartiga rozi bo'lmayapti.
«Fiorentina» ham o'yinchini o'z safiga qo'shib olmoqchi, biroq ularning taklifi hozircha klub belgilagan narxdan pastroq.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!