🚨 Sky Sports muxbiri Mikel Artetadan «Aston Villa»ga qarshi o'yin oldidan intervyu oldi:
Boshlovchi: «Mavsum boshlanishi juda ishonchli chiqdi, ammo siz har doim o'yinchilaringizdan ko'proq narsani talab qilishingizni bilamiz. So'nggi o'n kunlik mashg'ulotlar qanday o'tdi?»
Arteta: «Yaxshi. Biz yaxshi mashg'ulotlar siklini o'tkazdik, ba'zi jihatlar ustida ishladik va bu o'yinga munosib tayyorgarlik ko'rdik».
Boshlovchi: «Bruno Gimaraes va Ezri Konsa o'ynashga tayyor bo'lishiga qaramay, siz tarkibni o'zgartirmadingiz. Bu shunchaki g'alaba qozongan tarkibni o'zgartirishni istamasligingiz bilan bog'liqmi? Va bu ikki o'yinchini jamoaga qanday integratsiya qilmoqchisiz?»
Arteta: «O'yin davomida o'zgarishlar qilish imkoniyatimiz bo'ladi. Biz yaxshi o'ynadik va bugun maydonda raqibga muammo tug'dirish uchun kerakli sifatlarga ega futbolchilar bor deb hisoblayman. Shu sababli ham aynan shu tarkibni tanladik».
Boshlovchi: «Koventri»dan farqli o'laroq, «Aston Villa» sizga ancha yaxshi tanish bo'lgan jamoa, garchi ularda yangi yuzlar va ba'zi yangi o'yin elementlari paydo bo'lgan bo'lsa ham. Bu tayyorgarlikni biroz qiyinlashtirdimi?»
Arteta: «Ularda bir nechta yangi o'yinchilar bor, lekin umuman olganda jamoa Unai qo'l ostida ancha vaqtdan beri ishlamoqda. Biz ular bilan avval ham to'qnash kelganmiz. Bu ajoyib tayyorgarlik ko'rgan jamoa va biz bu yerga kelib g'alaba qozonish qanchalik qiyinligini juda yaxshi bilamiz. Biz buni tushunamiz, ammo ambitsiyalarimiz juda katta».
Boshlovchi: «Siz «Koventri»ga qarshi o'yinni juda agressiv boshladingiz va o'tgan hafta «Brayton» ham xuddi shunday usulda «Villa»ga muammo tug'dirganini ko'rdik. Bugun ilk daqiqalardan agressiv harakat qilish qanchalik muhim?»
Arteta: «Biz har doim shunday o'ynashni xohlaymiz — birinchi daqiqadan oxirgisigacha: ustunlik qilish, raqibni bo'g'ish va ulardan yaxshiroq bo'lish».
Boshlovchi: «Bugun «Arsenal» bosh murabbiyi sifatidagi Premer-ligadagi 250-o'yiningiz. Tabriklaymiz. Bu oqshom siz uchun alohida ahamiyatga egami?»
Arteta: «Shunchaki bugun g'alaba qozonish kerak. Eng yaxshisi shu bo'ladi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!