Mourinho markaziy himoyachi transferini talab qilmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 12

Mourinho markaziy himoyachi transferini talab qilmoqda

The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Mourinyu yozgi transferlar oynasida Real Madrid tarkibiga yana bir markaziy himoyachi qo'shib olinishini istamoqda.

Biroq murabbiy yangi himoyachini sotib olish uchun klub avvalo amaldagi tarkibdan bir nafar futbolchini sotishi kerakligini yaxshi tushunib turibdi. Shuningdek, Mourinyu ushbu transfer moliyaviy jihatdan maqbul bo'lishi lozimligini ham anglab yetgan.

Madrid rahbariyati va portugaliyalik mutaxassis Asensio hamda Kamavinga bilan xayrlashishga tayyor. Biroq futbolchilarning o'zlari jamoani tark etishni istashmayapti.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!