Mourinho "Real"dagi tarkibni qisqartirmoqchi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 9

Mourinho "Real"dagi tarkibni qisqartirmoqchi

📰 AS xabariga ko'ra, Mourinyu jamoada o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan futbolchilarning ko'pligi kiyim almashtirish xonasidagi muhitga salbiy ta'sir qiladi, deb hisoblaydi. Murabbiy bundan qochish maqsadida "Madrid"dagi uch nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi. Klub Mendi va Asensioning ketish ehtimolini ko'rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, "Madrid"da Kamavingani sotish imkoniyati ham ko'rib chiqilgan. Biroq 23 yoshli yarim himoyachi mavsumoldi tayyorgarlikdagi o'yini bilan Mourinyuni hayratda qoldirdi.

📰 Marca ma'lumotiga ko'ra, yozgi transfer oynasi vaqtida turli klublar Tchuameni va Kamavinga bo'yicha "Madrid" bilan bog'lanishgan. APL jamoalari Tchuameniga juda qiziqishgan. Biroq "qaymoqranglilar" har ikkala yarim himoyachiga ham ishonch bildirmoqda.

Shuningdek, "Real Madrid" yozgi transferlar davrida Valverde bo'yicha ham takliflar olgan. Biroq 28 yoshli sardor klubdan ketish variantini darhol rad etgan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!