Ispaniyalik jurnalist R. Morales Vinisius Juniorga nisbatan bo'layotgan munosabat haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Mavsumning ilk rasmiy o'yinidayoq Vinisiusga nisbatan dushmanlikning bunchalik katta bo'lishi g'ayritabiiy holat. Bundan tashqari, «Madrid»ning mavsumoldi tayyorgarligi davomida u ilgari qadam bosmagan stadionlarda ham hushtakbozlik qilinishi ham g'ayritabiiy.
Vinisius bilan har bir safar o'yinida turli xil voqealar sodir bo'lmoqda va bular allaqachon adekvatlik chegarasidan chiqib ketdi. Biz bunga ko'nikib qolish xavfi ostidamiz.
Uning o'zi bunga qanchalik aybdor? Vinisiusga nisbatan tazyiq o'tkazilyaptimi yoki yo'q, chegarani qayerdan chizamiz? Boshqa muxlislarning «Vinisiusga plyaj to'pi!» deb hayqirishi maqsadga muvofiqmi?
Raqiblar unga nisbatan qancha fol ishlatishi va Vinisius bularning hammasiga javob qaytarishdan oldin qancha provokatsiyaga chidashi kerak? Axir bu uning o'yiniga salbiy ta'sir qiladi-ku!
Hatto Mourinyo ham Vinisiusdan gollarni nishonlash vaqtida hissiyotlarini jilovlashni so'ragan edi. Vinisiusdan futbolning eng baxtli lahzalarida ham quvonchini yashirish talab qilinmoqda, toki kimningdir ko'ngliga tegib ketmasin!
«Espanyol»ga qarshi atigi bitta o'yin Mourinyo oldiga Vinisius bilan bog'liq muammoni qo'yish uchun yetarli bo'ldi. Joze «Anchelotti usuli» [Vinisiusga g'amxo'rlik ko'rsatish] ish bermaganini biladi. «Alonso usuli» esa undan ham kamroq samara berdi.
«Madrid»ning Mourinyo qo'l ostidagi muvaffaqiyati endi faqat o'yinchilardan himoyada ishlashni talab qilish yoki Vinisius bilan Mbappe o'rtasidagi maydondagi o'zaro tushunishni yaratishga bog'liq emas.
Mourinyo hal qilishi kerak bo'lgan birinchi muammo psixologik jihatga tegishli. Joze Vinisiusni himoya qilishi va eng muhimi, har bir o'yin Vinisius bilan uni tushunmaydigan dunyo o'rtasidagi kurashga aylanib qolmasligiga erishishi kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!