Rinkon: Mourinyu xatolarini tan olib, to'g'ri qaror qabul qildi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 21

Rinkon: Mourinyu xatolarini tan olib, to'g'ri qaror qabul qildi

📻 Rinkon (Madridning sobiq hujumchisi, Cope sharhlovchisi): "Mourinyu Bernarduni "Madrid"ning asosiy tarkibida tayanch yarim himoyachi sifatida ishlatishni rejalashtirmagan edi. U bu variantga "El-Klasiko"da faqat boshqa iloji bo'lmagani uchun qo'l urdi.

Mourinyu qilgan eng yaxshi ish — o'z xatolarini tan olib, ularni tuzatgani bo'ldi. Mavsum boshida portugaliyalik mutaxassis ko'plab kamchiliklarga yo'l qo'ygandi.

Nega u "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan tarkibni o'zgartirishga majbur bo'ldi? Chunki u uzoq vaqt haqiqiy ahvolni ko'ra olmadi va faqat vaqt o'tibgina Vinisius asosiy tarkibda tushmasligi kerakligini, Valverde va Tchuameni esa tayanch zonada birga o'ynay olmasligini anglab yetdi.

Mourinyu ixtiyorida chiroyli futbol namoyish eta oladigan, nafaqat himoyalanish va chuqur himoyaga o'tirishga qodir o'yinchilar bor. Mayli, u Vinisiusni asosiy tarkibdan olib tashlab, o'rniga Diomandeni tushirsin. Agar Mourinyu yana Espini ham asosiy tarkibda ishlata boshlasa, unda hammasi yanada a'lo darajada bo'ladi"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!