Vinisius Juniorning formasi va kelajagi haqida ekspertlar fikri
Radio Marca va Cope ekspertlari Vinisius Juniorning hozirgi holati hamda uning "Real Madrid"dagi o'rni haqida o'z fikrlarini bildirishdi.
📻 Varela (Radio Marca jurnalisti): "Real Madrid" Vinisiusga avvalgi darajasiga qaytishda yordam berishi kerak. U alohida munosabatga loyiq — bu Braim yoki Endrik maqomidagi futbolchi emas. Vinisius yolg'iz o'zi "Madrid" uchun bitta UEFA Chempionlar ligasini yutib bergan, buni na Mbappe, na Diomande uddalay olgan..."
📻 Rinkon ("Madrid" sobiq hujumchisi, Cope sharhlovchisi): "Oltin to'p-2024" uchun kurashdagi mag'lubiyat Vinisiusga umuman ta'sir qilmadi. Aynan shundan keyin u keskin pasayib ketdi, degan gaplar noto'g'ri. Gap hatto Vinisiusning shaxsiy hayotidagi muammolar haqida ham ketmayapti.Vinisiusning bir necha yil avvalgi o'yinini ko'rsatmayotganining haqiqiy sababini aytib bo'lmasligi juda achinarli"