Roberto De Zerbi: "Tottenhem"dagi faoliyatim va tarkibdagi o'zgarishlar haqida"
Тоттенхэм • Spurs ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 16

Roberto De Zerbi: "Tottenhem"dagi faoliyatim va tarkibdagi o'zgarishlar haqida"

🎤 Roberto De Zerbi Yan Pol van Xekega yozgan xabari haqida gapirib berdi:

Van Xeke haqida gapiradigan bo'lsam, «Everton»ga qarshi o'yindan so'ng unga quyidagicha xabar yozdim: «Bor yo'qol», sen Ryutterga golli uzatma berib, «Tottenhem»ni Chempionshipga ravo ko'rmoqchi eding, endi esa xohlasang ham, xohlamasang ham oldimga kelishing shart, tanloving yo'q.
Bu o'yindan darhol keyin, «Tottenhem» stadionidagi kabinetimda sodir bo'ldi — men qizimga xabar yozgandim, keyin esa Yanga.

🎤 Roberto De Zerbi aprel oyida «Sanderlend»dan uchralgan 0:1 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarning holati haqida:

Premer-ligada jon saqlab qolganimizdan faxrlanardim va xursand edim, ammo o'tgan mavsum mening yutug'im deb hisoblamayman — bu futbolchilarning mehnati.
Chunki men kelganimda, «Sanderlend»ga qarshi o'yindan so'ng kiyim almashtirish xonasida futbolchilarni ko'rdim.
Bu haqda matbuot anjumanida aytmagandim, lekin hammasi shunday bo'lgan: ular kiyim almashtirish xonasi polida yotib yig'lashardi. Men esa: «Biz o'lib qoldikmi?», deb so'radim.

🎤 De Zerbi Solankeni Premer-ligadagi eng yaxshi hujumchilardan biri deb atadi:

U menga futbolchi sifatida ham, inson sifatida ham yoqadi. Premer-ligada Dom Solankedan kuchliroq hujumchilar unchalik ko'p emas.
O'ylashimcha, uning o'yin sifati o'ziga bo'lgan ishonchiga bog'liq. Avvalo transfer oynasi yopilishini kutishimiz kerak, shundan so'ng Solanke haqida batafsilroq gaplashamiz.
Har holda, uni saqlab qolmoqchiman, chunki u menga futbolchi sifatida yoqadi. U to'liq shakllangan hujumchi. U himoya ortiga yorib kirishi, to'pni korpus bilan yopishi, pas o'yiniga qo'shilishi va Premer-ligada mavsumiga 15–20 ta gol urishga qodir.

🎤 Deyan Kulusevskining holati haqida:

Kulusevski o'zini yaxshi his qilyapti, u tarkibimizdagi eng yaxshi o'yinchilardan biri.
Tiklanish jarayonini tezlashtirish uchun unga ortiqcha bosim o'tkazishni istamasdim, ammo imkon qadar tezroq safga qaytishiga umid qilaman.

🎤 Roberto De Zerbi «Tottenhem» rahbariyati bilan munosabatlari haqida:

Biz juda yaxshi ishlayapmiz, bu klublardagi faoliyatim davomidagi rahbariyat bilan bo'lgan eng yaxshi aloqam.

🎤 Antonin Kinski haqida:

Biz Kinski bilan boshlayapmiz, chunki u birinchi raqamli darvozabon bo'lishga loyiq. U ulkan salohiyatga ega o'yinchi. U yetuk, xarakterga ega va men uning sifatlariga ishonaman.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!