Rodri transferi nega amalga oshmay qolishi mumkin?
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 16

Rodri transferi nega amalga oshmay qolishi mumkin?

Radio Marca jurnalisti Valentin Rodri transferi atrofidagi vaziyat haqida quyidagilarni ma'lum qildi:

Valentin (Radio Marca jurnalisti): "Bir muddat avval "Real Madrid" Rodri transferini deyarli hal qilgandi. Klub yarim himoyachi bilan kelishuvga 100 foiz erishgan, "Manchester Siti" bilan ham deyarli kelishib bo'lgandi.
Keyinroq "qaymoqranglilar" bosh skauti Kalafat muzokaralarga aralashib, Peresga Rodri uchun narxni tushirish mumkinligini aytdi. Florentino unga ishondi va futbolchi bilan shartnoma imzolashni muzlatib qo'ydi.
"Madrid" Rodri bilan bog'lanib, transfer summasini pasaytirishga urinib ko'rishini bildirdi. Ammo "Manchester Siti" o'z talablarini kamaytirishdan bosh tortdi. Shundan so'ng "shaharliklar" Rodri xizmatlarini boshqa jamoalarga taklif qila boshlashdi.
Rodri hamon "faqat "Real Madrid"ga o'tishni xohlayman" deb turibdi, Peres esa "yoki "Siti" narxni tushiradi, yoki transfer bo'lmaydi" degan pozitsiyada. Biroq Rodri "Madrid"ni kutishdan charchadi.
Shunda portugaliyalik agent J. Mendesh bo'layotgan voqealar haqida Mourinyuga aytib beradi. Murabbiy bu holatdan hayratda qolgan.
3 kun avval "Barselona" sport direktori Deku vaziyatga aralashib, Rodri bilan bog'lana boshladi. Xuddi shunday ishni Flik va futbolchining Ispaniya terma jamoasidagi jamoadoshlari ham qilishdi. "Siti" esa Rodri uchun poygaga boshqa klubni qo'shishga urinmoqda.
Endilikda Rodrini qo'lga kiritish uchun narxni tushirmoqchi bo'lgan "Madrid" "Barselona" taklifidan ustun kelishi kerak. Madridliklar kelishuvni deyarli yopishgandi, ammo endi ular yarim himoyachi uchun ko'proq pul to'lashga va uni yana ko'ndirishga majbur.
Ilgari "Madrid"da ishlaganlar menga shuni aytishdiki, "Real" ko'p jihatdan yomon ishlaydi, go'yo o'tgan asrdagi klubdek.
"Madrid"da skautlar va tarkibni rejalashtirish uchun javobgar mutaxassislarning global tarmog'i bor, lekin yakunda barcha asosiy qarorlarni bir kishi [Peres] qabul qiladi, muzokaralarni esa ikki kishi [bosh direktor Sanches va Kalafat] olib boradi. Endi Mendeshning ishtiroki bilan bu son uchtaga yetdi.
"Real Madrid" futbolchilar bilan [transfer rasmiylashishidan avval] bog'lanadi va bu ularning katta ustunligi. Garchi bu barcha kamchiliklarni qoplasa-da, bunday holat har doim ham yuz bermaydi."
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!