Ulug'bek Baqoev: «Rostini aytsam, hisob 0:0 bo'lib qoladi, deb o'ylagandim»
FC ANDIJON ↗ ●●●●● Matbuot 👁 16

Ulug'bek Baqoev: «Rostini aytsam, hisob 0:0 bo'lib qoladi, deb o'ylagandim»

«So'g'diyona» bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev «Andijon»ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O'yinda ikki teng kuchli raqib o'zaro bahs olib bordi. Umuman olganda, butun uchrashuv davomida yaxshi, ishonchli o'yin bo'ldi. To'p nazorati, xavfli hujumlar ham «Andijon» tomonidan, ham bizning jamoa tomonidan bo'ldi. Birinchi taym — 0:0, ikkinchi taymda ham xuddi shunday holat kuzatildi. Ularda ham vaziyatlar bo'ldi, bizda ham.

Rostini aytsam, hisob 0:0 bo'lib qoladi, deb o'ylagandim. Ammo futbolchimiz mahorati va vaziyatni ijro etishi o'z so'zini aytdi. U gol urdi, juda chiroyli gol bo'ldi. Shuning uchun jamoamizni, futbolchilarimizni o'zini ayamagani, o'yin intizomi va g'alaba bilan tabriklamoqchiman! Endi keyingi o'yinga tayyorlanamiz. «Andijon» jamoasiga esa keyingi uchrashuvlarda omad va yaxshi o'yin tilayman.

— Bugungi kunga kelib, u yaxshi o'ynayapti, jamoaga foyda keltiryapti. Agar u bo'lmay qolsa, keyin bu savolga javob berishim mumkin. Hozir bu savolga javob berish qiyin. Menimcha, uning vaziyatlarni ijro etishi umuman olganda jamoaga natija olib kelyapti. Biz uning kuchli tomonlarini bilamiz. Shuning uchun uni ayrim o'yin vaziyatlaridan ozod qilishga harakat qilamiz, toki u uchrashuv davomidagi vaziyatlarni yakunlay olsin. Unda bu yaxshi chiqyapti. Agar Doriev bo'lmasa... bilmadim, qandaydir o'ynaymiz, ehtimol.

— Hozir bu haqda aniq aytish qiyin. Hozir shifokor o'z ishini qiladi, oyog'ini tekshirib ko'radi. Ertaga MRT qilishadi. Menimcha, tizzasida jiddiy jarohat yo'q. U yerda nimadir bo'lgan, xolos. Yaxshi natija bo'lishidan umid qilamiz. 👍

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!