🎙️ Willian Mikel Arteta uning Arsenalga o'tishi oldidan nimalar degani haqida gapirib berdi:
«Biz bir necha bor uchrashdik. Men Arteta va klubning barcha vakillari bilan ko'rishdim. Ular menga: “Biz seni jamoamizda asosiy o'yinchi bo'lishingni istaymiz”, deyishdi.
Arteta menga: “Biz mana bunday o'ynamoqchimiz va men seni asosiy futbolchi bo'lishingni xohlayman. Jamoani sen atrofingda quraman. Senga klub kalitlarini topshirmoqchiman”, dedi.
Buni eshitganimda… Albatta, men Chelseani yaxshi ko'raman, lekin shartnomamning so'nggi yili qolgandi, 32 yoshda edim. O'yladimki: Londonda yana uch yil, oilam bilan shu yerda qolaman — ularga London juda yoqadi. Va natijada o'tishga qaror qildim.
Rostini aytsam, qolishim kerak edi. Lekin o'sha paytda Arsenalga o'tish — balki eng yaxshi qarordir deb o'ylagandim. Men uch yillik shartnoma imzoladim, ammo hammasi omadsiz chiqdi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!