Willian 2013-yilda nima uchun «Tottenxem»ga o'tmaganini tushuntirdi
Willian 2013-yilda «Tottenxem»ga o'tish arafasida turganida nima uchun fikridan qaytgani va «Chelsi»ni tanlagani haqida so'zlab berdi.
🎙️ Willian 2013-yilda «Tottenxem»ga o'tishi deyarli hal bo'lgan transferi barbod bo'lgani haqida gapirib berdi.
«Men Rossiyadan Londonga kelgandim. Agentim bir nechta klublar bilan muloqot qilgandi — «Liverpul», «Tottenxem» va «Chelsi». Yuragim doim «Chelsi» bilan edi, lekin o'sha paytda ular hali ishonch hosil qilishmagandi. Londonda yashashni xohlaganim uchun «Tottenxem»ga o'tishga qaror qildim.
Shartnoma imzolashim kerak bo'lgan kuni uyg'onib, o'zimga shunday dedim: „Yo'q, men «Tottenxem»ga o'tishni xohlamayman“. Men allaqachon «shporlar»ning mashg'ulot bazasiga shartnoma imzolash uchun mashinada ketayotgan edim va shunday dedim: „Yo'q, men «Chelsi»ga o'tmoqchiman“».