Xabi Alonso «Brayton»ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida qatnashdi. Quyida uning asosiy fikrlari keltirilgan.
O'yin haqida:
Albatta, xursandman. G'alabalardan doim juda xursand bo'laman. O'yin davomida turli vaziyatlar va his-tuyg'ular bo'ldi.
Natijadan mamnunmiz va shunday kuchli raqib ustidan qozonilgan g'alabani qadrlaymiz. Biz hali shakllanish jarayonidamiz va o'sishda davom etishimiz kerak.
Pedru Netuning kelajagi haqida:
Futbolda hech narsaga kafolat bera olmayman. Bugun Pedrudan juda mamnun edim, u katta energiya bilan o'ynadi. Bu mavsumda u biz uchun juda muhim bo'ladi.
25,6 foizlik to'pga egalik qilish haqida:
Har qanday statistikani kontekstda ko'rib chiqish kerak. 30 daqiqa ichida biz 3:0 hisobida oldinda edik. Raqamlarning o'zi men uchun unchalik muhim emas. Muhimi, qanday o'ynayotganingiz va nimada yaxshilanish mumkinligidir. Men bunday narsalarga umuman e'tibor qaratmayman. Asosiysi – o'yinlarga qanday tayyorgarlik ko'rish va qanday qilib raqobatbardosh jamoaga aylanish.
«Chelsi» raqibning o'yinga qaytishiga yo'l qo'yib bergani haqida:
Bu juda normal holat deb aytgan bo'lardim – bunday narsa ko'plab jamoalar bilan sodir bo'ladi. Ayniqsa, odatda raqiblarimiz bizdan ko'ra ko'proq birga o'yin o'tkazgan bo'lishadi.
Martinesning debyuti haqida:
Emi – jahon chempioni, uning yoshi 34da, katta tajribaga ega. Kecha o'yin haqida gaplashdik va u o'ynashga tayyorligini aytdi. Unga ko'p narsani tushuntirishim shart emas – u nima qilish kerakligini juda yaxshi biladi.
Albatta, u darvozasi daxlsizligini saqlab qolishni xohlagandi, lekin uning ilk o'yinidan mamnunman. U klubda bor-yo'g'i 48 soat bo'ldi, endi esa keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun bir haftasi bor.
Enso Fernandesning yo'qligi haqida:
Biz jamoa uchun eng yaxshisini istaymiz. Hozir hech kim nima bo'lishini bilmaydi, lekin biz har qanday vaziyatga tayyormiz.
Transfer oynasi yopilgunga qadar nima bo'lishidan qat'i nazar, APL o'yinlari uchun yaxshi tarkibga ega bo'lishimizga ishonchim komil.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!