Xabi Alonsoning Sky Sports nashriga bergan intervyusi. Asosiy qismlar. 3/4-qism.
Moslashuvchanlik haqida:
Ayrim g'oyalar deyarli o'zgarmay qoladi, lekin boshqa ko'p narsalarni ish jarayonida kashf etasan. Ishonchim komilki, biz hozir ko'rayotgan «Chelsi» va may oyida ko'radigan «Chelsi» turlicha jamoalar bo'ladi. Va o'sha vaqtga kelib biz kuchliroq bo'lishimizga aminman.
Hatto shu yettita o'yin davomida ham ko'p narsani his qildim va tushundim. Biz bularning barchasidan o'yinchilar bilan birga o'tamiz, tajriba orttiramiz, xulosalar chiqaramiz va yanada yaxshiroq bo'lish ustida birgalikda ishlaymiz. Eng muhimi, o'yinchilar yangi narsalarni sinab ko'rishga tayyor.
O'yinchilarga moslashish haqida:
«Bayer»ga kelganimda, menda butun qanot bo'ylab harakatlana oladigan Frimpong va Bakker bor edi. Shu bilan birga, bizda yaqqol klassik vingerlar yo'q edi. Buning evaziga uchta juda yaxshi markaziy himoyachi bor edi: Inkapie, Jonatan Ta va Tapsoba.
Biz o'yinchilar chin dildan ishongan tizimni ishlab chiqdik, chunki u ularning sifatlariga mukammal mos tushardi. Masalan, Jeremi Frimpongni olaylik. Bu sxema aynan u uchun yaratilgandek edi. Biz unga shunday derdik: “Jeremi, yuqorida qol, raqib himoyachilari bilan bir chiziqda tur, kenglikni ushla. Hujumning dastlabki bosqichida to'p bilan muomalada qatnashishing shart emas. Lekin to'pni kerakli zonaga yetkazishimiz bilan – hujumga o't!”
Shu tariqa biz o'yinchilar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'ydik, bu esa har biriga o'zining kuchli tomonlarini maksimal darajada ochib berish imkonini berdi. Futbolchilar o'zlarining eng yaxshi sifatlari to'liq ishlatilayotganini va o'zlarini eng yaxshi tarzda namoyon eta olishlarini his qilishsa, demak, sen to'g'ri yondashuvni tanlagan bo'lasan.
Ammo bu menda bitta sevimli sxema bor va men faqat shundan foydalanmoqchiman degani emas. Hozir, bu yerda, «Chelsi»da vaziyat butunlay boshqacha.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!