Xabi Alonso «Yuventus»ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida qatnashdi
Breakeven’s | Челси ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 14

Xabi Alonso «Yuventus»ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida qatnashdi

Xabi Alonso «Yuventus»ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Mudrikning qaytishi haqida:

Albatta, men u uchun juda xursandman. Klubdagi barcha uchun uning qaytishi hissiyotlarga boy lahza bo'ldi. Ayniqsa, o'yindan oldin unga 10–15 daqiqa o'ynatmoqchi ekanligimni aytganimda, u juda xursand bo'ldi.
Uzoq vaqt maydondan tashqarida bo'lganidan so'ng yana maydonga qaytish – u uchun ham, biz uchun ham katta baxt.

O'yin haqida:

O'ylaymanki, biz juda yaxshi boshladik. Dastlabki 30–35 daqiqa davomida o'yinni to'liq nazorat qildik va bir nechta yaxshi vaziyatlar yaratdik. Ammo birinchi bo'lim oxirida, o'tgan o'yindagi kabi, nazoratni biroz yo'qotdik.
Ikkinchi bo'limda o'zgarishlar ko'p bo'ldi, shuning uchun o'yin avvalgidek yaxlit ko'rinmadi. Ammo bu jarayonning bir qismi. Hozir har bir futbolchi uchun o'yin vaqti ega bo'lish muhim.
Albatta, jamoaning katta qismi shu yerda, ammo shunga qaramay, bizga bir nechta juda muhim o'yinchilar yetishmayapti.

Palmer va Koluillning holati haqida:

Ularda kichik muammolar bor edi. Bu jarohat emas, ko'proq noqulaylik. Koul ham, Livay ham zarba qabul qilib olishgan. Bugun ular bilan tavakkal qilishning keragi yo'q edi. Umid qilamanki, shanba kuniga qadar ikkalasi ham safda bo'ladi.
Palmerning jarohati avvalgi qov'g'a sohasidagi muammolari bilan bog'liqmi? Yo'q.

«Real»ga qarshi o'yindan olingan saboqlar haqida:

Tez o'rganish kerak. Qo'lingizdagi o'yinchilarga moslashish lozim. Klub va futbolchilar bilan birgalikda ishlash muhim.
Biz bu yerda atigi uch haftadan buyon ishlayapmiz, shuning uchun global xulosalar chiqarishga hali erta. Ammo biz asta-sekin oldinga qarab boryapmiz va oldinda bizni yana ko'plab qadamlar kutib turibdi.

Palmer va Rojers bog'lamasi haqida:

Albatta, ikkalasi ham biz uchun juda muhim o'yinchilar bo'ladi. Ular hujumda asosiy rolni o'ynashlari kerak. Ularda ijodkorlik bor, raqib himoya chizig'i oldida to'p qabul qilib, xavf tug'dira olishadi.
Ular gol urishni va golli uzatma berishni bilishadi. Ular o'rtasida allaqachon o'zaro tushunish bor va bu ularga maydonda birgalikda harakat qilishga yordam beradi.

Mavsumoldi turnesi haqida:

Biz moslashishga majburmiz. Har qanday turne vaqtida sharoitlarga ko'nikish kerakligini tushunardik. Albatta, bu hamma narsa to'liq nazorat ostida bo'lgan Kobxemdagi mashg'ulotlar bilan bir xil emas.
Ammo hozircha bu ajoyib tajriba bo'lmoqda. Biz Sidneyda bo'ldik, keyin Gonkongga keldik – bu go'zal shahar va biz safardan zavq olyapmiz. Albatta, tashkiliy daraja va maydon sifati yaxshiroq bo'lishi mumkin edi.

Kende haqida:

Men undan juda mamnunman. Jarohati tufayli u Avstraliyadagi so'nggi haftani o'tkazib yubordi va jamoaga atigi bir necha kun oldin qo'shildi. Shunga qaramay, u maydonda 45 daqiqa harakat qila oldi. O'yin amaliyotiga ega bo'lganidan xursandman.

Marko Palestra haqida:

Biz undan juda taassurotlandik. Uning kuchi, ishchanligi va chidamliligi darhol ko'zga tashlanadi – u qanotda doimo katta hajmdagi ishni bajaradi. Shu bilan birga, hujumning so'nggi qismida ham sifatga ega.
Marko jamoamizda ekanligidan va bizga qo'shimcha variantlar taqdim etayotganidan xursandman. U universal futbolchi, shuning uchun u bilan ishlash juda qiziqarli bo'ladi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!