«Liverpul» «Selxerst Park»da «Kristal Pelas» ustidan g'alaba qozonib, APL turnir jadvalida kuchli to'rtlikka kirdi.
Bu o'yinni istalgancha xohlasak ham ideal deb bo'lmaydi, lekin birinchidan, jamoani shakllantirishning ushbu bosqichida har qanday g'alaba muhim. Ikkinchidan, bu «Selxerst Park» kabi qiyin stadion. Uchinchidan esa, 150 millionlik transferlar aynan shunday o'yinlarda gollar urib, jamoaga g'alaba keltirishi uchun kerak emasmi?
Tur yakunlariga ko'ra kuchli to'rtlikka ko'tarilib oldik va xalqaro tanaffusga yo'l olamiz. Barchani g'alaba bilan tabriklayman!
Kristal Pelas Yevropa Ligasidagi ilk o'yinida Lex ustidan yirik g'alabaga erishdi.
"Kristal Pelas"ning Polshaning "Lex" klubi ustidan qozongan 4:0 hisobidagi g'alabasi jamoaning Yevropa ligasidagi (UEFA Kubogi) ilk o'yinida qayd etilgan eng yirik g'alaba bo'ldi. Bu natija avstriyaliklar "Volfsberg"i 2019-yil sentabr oyida "Borussiya Myonxengladbax"ni 4:0 hisobida mag'lub etganidan buyon qayd etilgan eng yirik ko'rsatkichdir. 👏😳