Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Crystal Palace — yangiliklari Matbuot

Crystal Palace va bog'liq yangiliklar

Ismaila Sarr «Kristal Pelas» bilan muzokaralar olib bormoqda

Ismaila Sarr «Kristal Pelas» bilan muzokaralar olib bormoqda

Yozda «Liverpul»ga o'tishiga bir bahya qolgan Ismaila Sarr ayni damda «Kristal Pelas» bilan shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

Yozda «Liverpul»ga o'tishiga bir bahya qolgan Ismaila Sarr ayni damda «Kristal Pelas» bilan shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.

Sarr yozdagi ehtimoliy transferi haqida ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

«Liverpul» – jahon futbolidagi eng yirik klublardan biri va bunday klub senga qiziqish bildirsa, albatta, buni jiddiy qabul qilasan.
O'ylaymanki, hech bir futbolchi bunday imkoniyatga befarq qolmagan bo'lardi. Bu qiziqarli variant edi va tabiiyki, bunday o'tish faoliyatim uchun nimani anglatishi mumkinligi haqida o'ylaganman.
Ammo bugun bu tarix allaqachon ortda qoldi. Men «Kristal Pelas» futbolchisiman, birgalikda erishgan yutuqlarimizdan faxrlanaman va hozirda maydonga qaytib, jamoamga yordam berishga e'tibor qaratganman.
Pyer Saj: «Sheyk Umar Dukurening maydonga qaytishi – kunning eng quvonchli voqeasi»

Pyer Saj: «Sheyk Umar Dukurening maydonga qaytishi – kunning eng quvonchli voqeasi»

Lion bosh murabbiyi Pyer Saj jarohatdan qaytgan Sheyk Umar Dukure haqida o'z fikrlarini bildirdi.

🎙️ | Pyer Saj Sheyk Umar Dukure haqida:

🗣️ | «Bu kunning eng go'zal voqeasi. U maydonga qaytish uchun ko'p azob chekdi va ko'p kurashdi. Eng muhimi – uni yana baxtli ko'rish».
Tayrik Mitchell: «Maqsadim — Yevropa ligasida g'alaba qozonish»

Tayrik Mitchell: «Maqsadim — Yevropa ligasida g'alaba qozonish»

Tayrik Mitchell o'zining kelgusi maqsadlari va «Kristal Pelas» bilan qo'lga kiritgan birinchi sovrini haqida gapirdi.

🎙️ | Tayrik Mitchell:

🗣️ | «Kelgusi faoliyatimda, agar Xudo xohlasa, Konferensiyalar ligasidagi g'alabani Yevropa ligasida ham takrorlashni istayman. Hozirgi maqsadim shu. Sovrin yutishni boshlaganingizdan so'ng, buni har yili takrorlashni xohlaysiz, shuning uchun bu mening maqsadim».

«O'ylashimcha, «Man Siti»ga qarshi qo'lga kiritilgan birinchi sovrin hissini hech narsa bosa olmaydi. Biz autsayder edik, ammo oxirigacha borib, «Palas» bilan g'alaba qozonish – bu tengsiz tuyg'u».

Tom Kerni: «Arsenalga qarshi o'ynash juda qiyin»

Tom Kerni: «Arsenalga qarshi o'ynash juda qiyin»

«Fulxem» yarim himoyachisi Tom Kerni «Arsenal»ga qarshi o'yin qanchalik qiyin ekanligi va jamoaning o'yin uslubi haqida fikr bildirdi.

🎙️ Tom Kerni («Fulxem» o'yinchisi) «Arsenal»ga qarshi o'ynash nima uchun qiyinligi haqida:

«Ularga qarshi hatto darvozaga zarba yo'llash ham qiyin. Murabbiyga qoyil qolish kerak, butun jamoa himoyada juda yaxshi ishlaydi.

O'tgan mavsumda ularga qarshi o'ynagandim, o'yindan keyin hatto bo'ynim og'rib qolgandi. Eze esa umuman tinim bermadi, tom ma'noda ortimdan ergashib yurdi. O'shanda o'zimga o'zim: «Kristal Pelas»da sen bunaqa emasding-ku», deb o'ylagandim.

Hatto undan: «Bu seni murabbiy shunaqa o'ynashga majbur qilyaptimi? Rostdanmi?» deb so'radim. Tushunyapsizmi, bu allaqachon klub madaniyatining bir qismiga aylangan. Qolaversa, ularning barchasi mendan jismonan baquvvatroq».

Bog'liq yangiliklar

Kristian Iltser va Oliver Baumann «Kristal Pelas»ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Kristian Iltser va Oliver Baumann «Kristal Pelas»ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Kristian Iltser va Oliver Baumann Yevropa Ligasi doirasidagi «Kristal Pelas»ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirishdi.

Kristian Iltser va Baumann «Kristal Pelas»ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi

«Xoffenxaym» bosh murabbiyi Kristian Iltser va jamoa sardori Oliver Baumann Yevropa Ligasi 4-turidan o'rin olgan bo'lajak o'yin oldidan o'z kutishlari bilan o'rtoqlashdi.

🗣 Kristian Iltser:

«Bu qiziqarli va oson bo'lmagan vazifa bo'ladi. Keskin o'yin kutilmoqda. Biz uchun o'yinni yaxshi boshlash muhim. «Kristal Pelas» dastlabki daqiqalardan stadion ko'magida ustunlikni qo'lga kiritishga harakat qilishini kutmoqdaman. Biz o'z futbolimizni ko'rsatishimiz kerak. Agar buni uddalasak, ochko olish imkoniyatlarimiz ortadi».

🗣 Oliver Baumann:

«Lion» ustidan qozonilgan g'alaba bizga katta ishonch bag'ishladi. Dastlabki o'yinlarda biz ko'proq narsaga umid qilgandik. Yevropa Ligasida ochko to'plash va turnir jadvalida yuqorilashimiz mumkinligini ko'rdik. Endi Londonda yana bir yaxshi o'yin o'tkazishni istaymiz».

🚑 Kadrlar bilan bog'liq vaziyat

«Hozir u muammoli va yaxshilanmayapti. Aleksandr Prass diskvalifikatsiyadan so'ng ligaga qaytdi. Biroq Adam Glojek mushaklaridagi muammolar tufayli safdan chiqdi. Vaziyat tarang, ammo biz buni imkoniyat sifatida ko'rmoqchimiz. Bremenda bizda bitta o'yinda beshta debyutant bor edi. Bunday vaziyat klub ichida salohiyat ham yaratishi mumkin. Bu yigitlar uchun imkoniyat. Bizda hamon juda yaxshi jamoa bor va o'z kuchimizga to'liq ishonamiz».

Angliya klubi formasi

«Kristal Pelas» APLdagi so'nggi o'yinlarni muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda: jamoa ketma-ket uchta mag'lubiyatga uchradi va 18-o'ringa tushib ketdi. Yevropa Ligasida londonliklar uch turda to'rt ochko jamg'arib, 15-pog'onada bormoqda.

⚔️ Bo'lajak uchrashuv «Xoffenxaym» va «Kristal Pelas» qarama-qarshiligi tarixidagi birinchisi bo'ladi.

Din Xenderson muxlislarni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi

Din Xenderson muxlislarni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi

Din Xenderson Holmesdale Fanatics muxlislari bilan bog'liq vaziyat yuzasidan o'z fikrlarini bildirib, jamoani qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.

Din Xenderson Holmesdale Fanatics bilan bog'liq vaziyat haqida o'z fikrlarini bildirdi:

«Men nima uchun bunday bo'lganini bilmayman, balki buning uchun sabab bordir, ammo men hafsalam pir bo'ldi»

«Biz maydonda qo'limizdan kelganini qilyapmiz va so'nggi ikki yil ichida ushbu futbol klubi uchun borimizni berganimiz yaqqol ko'rinib turibdi».

«Bu ular bizdan shubhalanishi mumkin bo'lgan damlar, biz esa g'ayrat bilan qaytib, futbol klubiga muvaffaqiyat olib kelamiz».

«Hozir aynan shunday vaqt, ularning yordami bizga juda kerak».

«Shunday ekan, shuni aytamanki: agar ular qaytib, bizga yordam bera olishsa, bu juda qadrli bo'lardi».

«Biz bir qayiqdamiz – qiyin damlarda ham, yaxshi kunlarda ham. Shuning uchun, umid qilamanki, ular qaytib, bizga yordam bera olishadi, chunki bu juda katta ahamiyatga ega. Men buni chin dildan aytyapman».

«Men klubga kelganimdan beri ular shunchaki fenomenal edilar, ammo hozirgidek pallada bizga ularning qo'llab-quvvatlashi kerak va biz ularga yana yaxshi xotiralar hadya etish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz».