Palinya va Saragosadan farqli o'laroq, ular mos ravishda «Benfika» va «Espanyol»ga o'tishmoqda, Boey esa hali hamon hech qanday aniq taklif yoki so'rov obyekti emas.
Bild xabariga ko'ra, «Bavariya» jamoaviy suratlar kelgusi oylar uchun dolzarb bo'lib qolishini istaydi. Aynan shu sababli klub rahbariyati Boeyni suratga kiritmaslikka qaror qildi, chunki ular futbolchining jamoadan ketishini tezlashtirmoqchi.
Maks Eberl "Bavariya"dagi transferlar, Sasha Boye va Ariyon Ibragimovichning kelajagi haqida gapirdi.
❓ Transfer oynasi yopilgunga qadar yangi transferlar amalga oshirilishi 100 foiz istisno qilinganmi?
✨ Maks Eberl:
99 foiz. Transfer oynasi ochiq ekan, men 100 foiz deb ayta olmayman. Agar haqiqiy sovg'a bo'ladigan erkin agent paydo bo'lsa, men 100 foiz deb aytganim uchun uni ololmaymanmi? Shuning uchun men buni 99 foizda qoldiraman.
✨ Eberl o'z shartnomasining uzaytirilishi haqida:
"Bavariya"da juda qiyin bir necha yilni o'tkazdim. Klub sifatida buni yaxshi uddaladik. Uzoq tanaffusdan so'ng o'tgan mavsumda dubl qayd etganimizdan juda xursand edim. Men o'z ishimni bajarishni va Kristof Freund, Vinni hamda Yan-Kristian Dreezen bilan birga "Bavariya" uchun bor kuchimni berishni xohladim. Biz yangi mavsum uchun yaxshi jamoa qurmoqchi edik. Men ikki yil davomida o'z ishimni bajarishga harakat qildim. Bu kuzatuv kengashining menga bo'lgan ishonchini davom ettirishiga olib keldi va bundan juda mamnunman.
❓ Ariyon Ibragimovich Luis Diasga zaxira o'yinchisi bo'lishi uchun shartnomasi uzaytirilgan edi. Endi uning ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar yuribdi. Buni tasdiqlay olasizmi?
✨ Maks Eberl:
Ari "Xaydenxaym"da juda yaxshi mavsum o'tkazdi. Biz ko'rgan narsalar va uning rivojlanishi bizga yoqdi. U biz bilan mavsumoldi tayyorgarlikda ko'p o'yin vaqti oldi, ammo endi biz unga qiyin bo'lishi mumkinligini ko'ryapmiz. Shuning uchun biz aytdik: xo'sh, agar har ikki tomon uchun qiziqarli variant topilsa, biror narsa qilish mumkin.
❓ U holda o'rinbosar qidiryapsizmi?
✨ Eberl:
Men allaqachon 99 foiz deb aytganman [yangi o'yinchilar bo'lmaydi].
✨ Sasha Boyening jamoaviy suratga tushmagani haqida:
Sasha bilan biz reja nimalardan iboratligini aniq belgilab oldik. Biz uni sotmoqchimiz, ammo hozir va 1-sentyabr oralig'ida nima bo'lishini ko'ramiz.
«Bavariya» Jamol Musialaning jismoniy holati va kelgusi o'yinlarda maydonga tushishi borasida rasmiy ma'lumot berdi.
«Bavariya» Jamol Musiala kelajakda ham yuqori darajada o'ynashda davom eta olishiga ishonmoqda.
Dpa xabariga ko'ra, hozirgi vaqtda buning aksini ko'rsatadigan hech qanday omil yo'q. Klub ma'lumotlariga ko'ra, Musialaning «Leypsig» va «Xaydenxaym»ga qarshi o'yinlardagi ishtiroki to'liq xavfsiz bo'lgan va shifokorlar bilan atroflicha muhokama qilingan.
Jamal Musiala sog'lig'i bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi. Futbolchiga nevrologik disfunksiya tashxisi qo'yilgan, ammo u faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan.
Jamal Musiala o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali sog'lig'i borasida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan bayonot berdi:
Avvalo, eng muhimi — men o'zimni yaxshi his qilyapman! Qo'llab-quvvatlaganingiz va xavotir olganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman. Bugun ushbu xavotirlarga oydinlik kiritmoqchiman: menda nevrologik disfunksiya sababli yuzaga keladigan, davolash oson bo'lgan qisqa muddatli hushdan ketish holatlari aniqlandi. Ular yaqinda «Leyptsig» va «Xaydenxaym»ga qarshi o'yinlarda kuzatilgan holatlarga sabab bo'lishi mumkin. Bilaman, bu tashqaridan qo'rqinchli ko'rinishi mumkin, ammo hozirda bu mening kundalik hayotimning bir qismi.
Bu borada eng yaxshi tibbiy yordamni olyapman va juda optimistik kayfiyatdaman. «Bavariya» va yaqinlarim doimo yonimda va meni qo'llab-quvvatlashmoqda.
Eng muhimi, bundan ortiq sog'liq uchun qo'shimcha xavflar yo'q. Mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda, ushbu qiyinchilikni yengib o'tishga qaror qildim. Nevrologlarning ruxsati bilan o'zimni tiklashimga yordam beradigan narsani — kundalik hayotimni davom ettirish va futbol o'ynashda qolishni tanladim. Bu qaror uchun mas'uliyatni o'z zimmamga oldim.
Umuman olganda, o'zimni yaxshi his qilyapman va to'g'ri yo'ldaman. Meni oldinga undayotgan narsa — jamoam bilan birgalikda g'alabalar va sovrinlar sari intilishdir. Umid qilamanki, bu vaziyatni tushunishga yordam beradi. Shu bilan birga, ushbu masalani yaqinlarim, klub va ekspertlar doirasida saqlab qolishni istayman.
Jamal Musiala o'zining sog'lig'i borasidagi holatga oydinlik kiritdi va muxlislariga murojaat qildi.
Jamal Musiala Instagram sahifasi orqali o'zining sog'lig'i borasidagi holatga izoh berdi:
Avvalo shuni aytmoqchimanki, men o'zimni yaxshi his qilyapman! Barcha xabarlaringiz va qo'llab-quvvatlashingiz uchun juda minnatdorman. Ko'pchilik xavotirda ekanligini tushunaman, shuning uchun barcha shubhalarga barham bermoqchiman.
Menga qisqa muddatli ong yo'qotish epizodlari tashxisi qo'yildi, ular oson davolanadi va nevrologik disfunksiya bilan bog'liq. Aynan shu holatlar yaqinda «Leyptsig» hamda «Xaydenxaym»ga qarshi o'yinlarda kuzatilgan epizodlarga sabab bo'lishi mumkin edi.
Dastlab bu qo'rqinchli ko'rinishi mumkin, ammo hozir men uchun bu kundalik hayotning bir qismi. Men kerakli tibbiy yordamni olyapman va juda optimistik kayfiyatdaman. «Bavariya» va yaqinlarim doimo yonimda va meni qo'llab-quvvatlashmoqda. Muhimi, sog'lig'im uchun hech qanday xavf yo'q. Mutaxassislar bilan maslahatlashganimdan so'ng, odatiy hayotimni davom ettirishga va tiklanishimga eng ko'p yordam beradigan ish bilan shug'ullanishga, ya'ni futbol o'ynashga qaror qildim. Men o'zimni juda yaxshi his qilyapman va to'g'ri yo'ldaman. Meni qo'llab-quvvatlayotganingizda jamoa bilan birgalikda g'alabalar va sovrinlar uchun kurashish istagi menga eng ko'p yordam bermoqda. Umid qilamanki, bu sizga meni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Shu bilan birga, bu mavzuni yaqinlarim, klub va mutaxassislar doirasida qoldirish istagimni tushunishingizni so'rayman. Katta rahmat. Sizning J ❤️