Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Paris FC — yangiliklari Natijalar

Paris FC va bog'liq yangiliklar

Trua 0:0 Parij FK: Liga 1 doirasidagi bahsli durang

Trua 0:0 Parij FK: Liga 1 doirasidagi bahsli durang

Liga 1 doirasidagi Trua va Parij FK o'rtasidagi bahs golsiz durang bilan yakunlandi. O'yin tafsilotlari va futbolchilarning harakatlari tahlili.

Trua 0:0 Parij FK | 1-tur

Hujum chizig'i haqida gapiradigan bo'lsak, dastlabki 30 daqiqada u unchalik sezilmadi, biroq mezbonlarning uzoq davom etgan hujumlaridan so'ng, Parij tashabbusni qo'lga oldi va hujumga o'tdi. Koleosho shubhali o'yin ko'rsatdi, ammo 2 ta golli vaziyat yaratdi. Sinayoko tarkibda bor edi, biroq u butun o'yin davomida birorta ham zarba yo'llay olmadi. Kebbal esa har doimgidek sehrgar, o'yindagi eng xavfli vaziyatni aynan u yaratdi. Ammo ikkinchi bo'limda u ko'rinmay qoldi.

Yarim himoyaga kelsak, Pajis birinchi va ikkinchi bo'limda yaxshi taassurot qoldirdi, lekin 57-daqiqadagi fol o'z ta'sirini o'tkazdi va u maydonni tark etishga majbur bo'ldi, bu juda achinarli. Les-Melu markazda 90 daqiqa davomida yaxshi o'ynagan yagona futbolchi bo'ldi, unga nisbatan e'tirozlar yo'q. Matondo esa sifat jihatidan o'rtacha o'yin o'tkazdi.

Koppola, Mbou va Kamara yaxshi o'yin o'tkazishdi, biroq ular orasida Otavio ajralib turdi. Mezbonlarning ko'plab hujumlari aynan u orqali o'tdi, ammo u barchasini muvaffaqiyatli to'sib qo'ydi. Shu bois u parijliklar orasida eng yuqori bahoni oldi. Kevin Trapp darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, ammo raqib unga ko'p ish qoldirmadi — 2 ta zarba va 2 ta seyv.

Zaxiradan maydonga tushganlarga kelsak, o'yin oxirida 101 foizlik vaziyatdan foydalana olmagan Zabidan boshqa hech kim ajralib turmadi.

Keyingi turda, 30-avgust kuni o'z uyimizda Nitssa bilan to'qnash kelamiz. Ular ham ushbu turda 0:0 hisobida durang o'ynashdi. Allez Paris

Bog'liq yangiliklar

Paris FC va Lion durang qayd etdi

Paris FC va Lion durang qayd etdi

Paris FC va Lion o'rtasidagi bahs durang bilan yakunlandi. Parijliklar o'z tarixida Lionga qarshi o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Paris FC Lion bilan durang o'ynadi. Shu tariqa, Lion Liga 1 doirasida Parij klubiga qarshi o'z maydonida hech qachon mag'lub bo'lmagan jamoalar ro'yxatida qolmoqda.

Jamoalar murosaga kelishdi.

Olympique Marseille 2:3 Paris FC: Sinayokodan het-trik

Olympique Marseille 2:3 Paris FC: Sinayokodan het-trik

Parij FK safarda Olimpik Marselni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Lamine Sinayoko het-trik qayd etdi, Kevin Trapp esa ishonchli o'yin ko'rsatdi.

Sinayokoning het-triki bizga g'alaba keltirdi! O'yin natijasiga ko'ra, haqli va gollar boy o'tgan bahsda Parij FK safarda Olimpik Marsel ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Olimpik Marsel 2 — 3 Parij FK | ⚽️ 1’, 19’, 86’ L. Sinayoko

Hujum chizig'ida barchasi yaxshi edi, Sinayoko haqiqiy gol mashinasiga aylanib, 4 ta vaziyatdan 3 tasini golga aylantirdi. Pajis va Koleosho bittadan assist qayd etishdi: Pajis burchak zarbasidan so'ng, Koleosho esa chap qanotni yorib o'tib, bo'sh darvoza qarshisiga to'p uzatdi.

Yarim himoyada ishlar o'rtacha kechdi, hech kim alohida ajralib turmadi. O'yin sifati yomon emasdi, ammo xatolar ham kuzatildi.

Himoya chizig'i esa bugun alohida mavzu. Traore va Shergi Marsel darajasidagi jamoalarga qarshi o'ynatish kerak bo'lgan futbolchilar emasdek. Traoreni kimlar qanday aldab o'tmadi deysiz: Paishao, Mmadi va Guiri. Shergi ikkita golli xatoga yo'l qo'ydi, Koppola ham o'z darajasidan past o'yin ko'rsatdi, bu uning uchun kamdan-kam holat. Parij formasi bilan bu uning ikkinchi yomon o'yini bo'ldi. Darvozabon Kevin Trapp esa yana bir bor o'zini ko'rsatdi, u 3 ta juda xavfli vaziyatda seyv amalga oshirdi.

Zaxiradan maydonga tushganlardan hech kim yaqqol ajralib turmadi, faqat Moyzes maydonga tushib penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi. Yangiliklardan biri shundaki, Zabi o'ng qanot vingeri pozitsiyasida harakat qildi.

Navbatdagi o'yin shanba kuni, 12-sentabr kuni Olimpik Lionga qarshi bo'lib o'tadi.