Viktor Dyokeresh o'ziga qaratilgan tanqidlar hamda Mikel Arteta bilan bo'lgan munosabatlari haqida fikr bildirdi.
🎙️ Viktor Dyokeresh — o'z manziliga aytilayotgan tanqidlar haqida:
«Agar tanqidlar ko'p bo'lsa va siz ularni o'qisangiz, tabiiyki, bu sizga ta'sir qiladi. Lekin men buni qilmayman. Yaxshi o'ynaganingizda sizni maqtashadi, hujumchi sifatida gol urmay qolganingizda va kutilganidek o'ynamaganingizda esa tanqid qilishadi. Barcha futbolchilar bilan shunday bo'ladi. Ko'tarilishlar va pasayishlar bo'lib turadi — bu normal holat»
🎙️ Viktor Dyokeresh — «Arsenal»da o'z o'yinini kuchaytirishi kerakligi haqida:
«Albatta, men yaxshiroq o'ynashim kerak va buni o'zim ham xohlayman, shuning uchun bu yerda hech qanday muammo yo'q. Mikel Arteta bilan yaxshi munosabatdaman va u bilan aloqamiz joyida. Men shunchaki har safar imkoniyat berilganda borimni berishga va gollar urishga harakat qilyapman».
Zlatan Ibragimovich Viktor Dyokereshni tanqidlardan himoya qilib, hujumchining "Arsenal"dagi o'yini va unga yaratilayotgan vaziyatlar haqida fikr bildirdi.
Zlatan Ibragimovich Viktor Dyokereshni himoya qildi:
Dyokeresh — dunyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri. Uni "Arsenal"da yetarlicha gol urmayotgani uchun tanqid qilishsa, kulgim keladi. Agar u gol urmayotgan bo'lsa, o'zingizdan so'rang: unga vaziyat yaratib berishyaptimi? U o'tgan mavsum "Arsenal"ga o'tdi, ularga 22 yil ichida ilk chempionlik unvonini yutishda yordam berdi va 20 dan ortiq gol urdi. Haqiqiy hujumchilar shunday qilishadi.
Hujumchi hamma narsani o'zi yarata olmaydi. Unga imkoniyatlar yaratib berish kerak. Agar "Arsenal" vaziyatlar yaratsa-yu, u ulardan foydalana olmasa, tanqidni tushungan bo'lardim. Lekin men buni ko'rmayapman.
Uni Shvetsiya terma jamoasi tarkibida kuzating. Ular vaziyatlar yaratishadi, u esa gol uradi. Bizning Jahon chempionatiga chiqishimizning asosiy sabablaridan biri aynan u.
Men uchun u doim jahon darajasidagi hujumchi bo'lib qoladi. Unga imkoniyat bering. Shunda u gol uradi. Hammasi oddiy.