Adria Pedrosa Rayo Valyekano safiga o'tmoqda. Klublar o'rtasida to'liq kelishuvga erishilgan.
✅ Adria Pedrosa allaqachon Madridga yo'l olgan, uning Rayo safiga o'tishi tez orada rasman tasdiqlanadi. Klublar o'rtasida to'liq kelishuvga erishilgan.
Rayo Valyekano o'yinchi maoshining taxminan 60 foizini o'z zimmasiga oladi.
«Malyorka» Pedrosani o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. «Rayo Valyekano» bilan muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi.
«Malyorka» Pedrosani o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor.
«Rayo Valyekano» bilan muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Ispaniyalik futbolchi faoliyatini yuqori divizionda davom ettirmoqchi, biroq «Malyorka» variantini ham inkor etmayapti.
MARCA xabariga ko'ra, "Sevilya" va "Rayo Valyekano" klublari Adrià Pedrosa transferi bo'yicha muzokaralarda sezilarli darajada oldinga siljishdi.
MARCA xabariga ko'ra, "Sevilya" va "Rayo Valyekano" klublari so'nggi soatlarda Adrià Pedrosa transferi bo'yicha muzokaralarda sezilarli darajada oldinga siljishdi. 📰
Katta ehtimol bilan, futbolchi sotib olish huquqi bilan ijaraga beriladi. ❤️
«Sevilya» futbolchisi Adri Pedrosa asosiy tarkibdan chetlatildi va jamoani tark etishga tayyorlanmoqda.
❌ Luis Garsiya qo'l ostidagi bir necha haftalik mashg'ulotlardan so'ng, «Sevilya» rahbariyati Adri Pedrosaga uning xizmatlariga ehtiyoj yo'qligini ma'lum qildi.
Adri asosiy tarkibdan chetlatildi va endilikda Xordan, Mir, Gattoni hamda Kardoso bilan birga alohida shug'ullanmoqda.
Futbolchi bu xabarni xotirjam qabul qildi va hozirda o'ziga yangi jamoa izlamoqda.
Xose Ignasio Navarro transfer oynasi yakuni, tarkibdagi o'zgarishlar va futbolchilarning kelajagi haqida gapirdi.
🎙️ Xose Ignasio Navarro matbuot anjumanining davomi:
Biz to'g'ri yo'nalishda ishlayapmiz va transfer oynasining yakunlanishiga yana bir necha kun qoldi. Barchamiz raqobatbardosh tarkib yaratishni istaymiz.
Transfer oynasi yopilguncha, har qanday futbolchi kelishi yoki ketishi mumkin. Agume katta professional va u bozorda qadrli bo'lgan jismoniy ma'lumotlarga ega.
Vargasning «Atletik»ka qarshi o'ynamagani — bu transfer oynasi ochiq bo'lgan paytdagi o'yinlarga xos muammolar. Bozorning birinchi kunidan oxirgi kunigacha har narsa bo'lishi mumkin va biz uning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ya olmaymiz.
Bizning rejamiz — 2-sentabrgacha transfer oynasini muvaffaqiyatli yakunlash.
Yangi keluvchilar soni bizga bog'liq emas, chunki kelishuvga erishishi kerak bo'lgan uch tomon bor. Bozordagi kelajakni bashorat qilish juda qiyin.
Biz Robbi kuzatuvini anchadan buyon olib borayotgan edik, muzokaralar o'tkazdik va bitimga yaqin qolganimizda, katta mablag'ga ega klublar qiziqish bildirdi. Biz yosh va shijoatga to'la jamoa qurmoqchimiz.
Biz Pedrosaga vaziyatni tushuntirdik, u murabbiy rejalariga kirmaydi. Biz qiziqish bildirgan har qanday klub bilan muzokaralarga tayyormiz. Kardoso ham bu haqda ogohlantirilgan. Fabio — boshqa klubga o'tish imkoniyati tug'ilganda tayyor bo'lish uchun ishlayotgan ajoyib professional.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Rayo Valyekano Pedrosani o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. Futbolchi klubning chap qanot himoyasi uchun asosiy variant.
Rayo Valyekano Pedrosani o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi ayni damda Rayoning chap qanot himoyasi uchun asosiy variant hisoblanadi.