Xulio Dias La Ligada ro'yxatdan o'tkazildi. "Sevilya" yozgi transfer oynasidagi barcha yangi futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazib bo'ldi.
✅ Xulio Dias La Ligada ro'yxatdan o'tkazildi!
Ayni damda "Sevilya"ning yozgi transfer oynasidagi barcha 7 ta yangi futbolchisi, shuningdek, yosh o'yinchilar Oso va Kastrin ham ro'yxatdan o'tkazildi. Xose Ignasio Navarroning samarali mehnati evaziga jamoa birinchi turga murabbiy ishonch bildirayotgan 19 nafar futbolchi bilan yetib keldi. Shunga qaramay, yarim himoya chizig'ini kuchaytirish hamon dolzarb masala bo'lib qolmoqda.
Xoan Xordan «Eshtrela» bilan shartnoma imzolash uchun Lissabonga yetib keldi. «Sevilya» yozda eng ko'p maosh oluvchi 4 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi.
👏 Bravo Xose Ignasio Navarro!
Xoan Xordan Portugaliyaning «Eshtrela» klubi bilan shartnoma imzolash uchun Lissabonga yetib keldi.
Transfer narxi 0 yevroni tashkil etadi, futbolchi klubning maoshlar fondini sezilarli darajada bo'shatadi.
📰 Zona Mixta
Yozgi transfer oynasi davomida klub jamoaning eng ko'p maosh oluvchi 4 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi: Nyanzu, Mir, Xordan va Sou.
Xose Ignasio Navarro yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishdagi muammolar va transferlar bo'yicha vaziyatga izoh berdi.
🎙️Xose Ignasio Navarro yangi futbolchilarning taqdimotiga bag'ishlangan matbuot anjumanida quyidagilarni ta'kidladi:
«To'rt nafar yangi futbolchini tarkibga qo'shib olish asosiy vazifamiz edi, biz buni bosh maqsad deb belgilagan edik. To'g'ri, bu kuchaytirishlar o'tgan mavsumdan buyon rejalashtirilgan edi».
«Biz hali ham Akor Adams va Nyanzu bo'yicha muzokaralarni davom ettiryapmiz, hozircha hech narsani yakunlangan deb bo'lmaydi. Nyanzu masalasida esa, bu shartnomani bekor qilish bo'ladimi yoki sotuv, hali aniq emas».
«Patrik Merkado? Hech qachon va hech qayerda transfer muddatlari haqida gap ketmagan. Ehtimoliy transfer bo'yicha kelishuvga erishilgan, ammo kerakli shartlar hali bajarilmagan».
«Xoan Xordan? Uning agentligi qanday harakat qilmoqchiligini bilmaymiz. Biz vaziyatni unga va murabbiy hisobga olmayotgan boshqa futbolchilarga tushuntirib o'tdik».
«Ayni damda Xuanlu bo'yicha birorta ham taklif olganimiz yo'q. Shuningdek, hozirgi holatda to'rt nafar yangi futbolchining birortasini ham ro'yxatdan o'tkaza olmaymiz, kimnidir sotishimizga to'g'ri keladi».
«Mir masalasiga kelsak, «Sevilya» va uning o'zi uchun eng maqbul variantni qidirish bilan bandmiz».
«Oso biz bilan amaldagi shartnomaga ega. «Sevilya» Kastrin va Oso bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida».
«Bizning maqsadimiz ish haqi fondini bo'shatish emas, balki sport natijalariga erishishdir».
Barselona hujum chizig'i uchun Jorj Mikautadzeni ko'rib chiqmoqda. Klub hali Xulian Alvares variantidan ham voz kechgani yo'q.
Xavi Ernandes Navarro xabariga ko'ra, Dekuga eng ko'p yoqadigan hujumchilardan biri bu Jorj Mikautadze hisoblanadi. O'tgan mavsumda u La Ligada 13 ta gol urdi va o'yin uslubi jihatidan Xulian Alvaresga juda o'xshash profilga ega. Oktyabr oyida futbolchi 26 yoshga to'ladi.
Shunga qaramay, Barselona hali Xulian Alvares variantidan voz kechgani yo'q. Muqobil variantlar esa hozircha zaxirada qolmoqda.
«Manchester City» Rodri uchun «Barcelona»dan tushgan 45+5 million yevrolik ilk taklifni rad etdi. Klub futbolchi uchun 70-80 million yevro talab qilmoqda.
Xavi Ernandes Navarro (🌖) xabariga ko'ra, «Manchester City» «Barcelona»ning Rodri uchun qilgan 45 million yevro va 5 million yevro bonus ko'rinishidagi ilk taklifini rad etdi.
«City» futbolchi uchun 70-80 million yevro atrofida mablag' talab qilmoqda. «Barsa» esa kafolatlangan summa sifatida 60 million yevrodan ortiq to'lashni istamayapti.