Endrik yanvar oyida "Milan"ga o'tishi mumkin
ESPN Brasil xabariga ko'ra, "Milan" Endrikni yanvar oyida to'liq transfer qilmoqchi. "Real Madrid" futbolchi uchun 70 million yevro talab qilmoqda.
📝 ESPN Brasil (❓) | "Milan" Endrikni yanvar oyida to'liq transfer qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. 20 yoshli hujumchi "rossonerilar" safiga ijara asosida o'tmaydi. Agar u "Real Madrid"ni tark etadigan bo'lsa, bu faqat doimiy asosda amalga oshadi.
"Qirollik klubi" Endrik uchun 70 million yevro talab qilmoqda. Bundan tashqari, "Madrid" braziliyalik futbolchini 80 million yevro evaziga qaytarib sotib olish opsiyasini ham kiritmoqchi.