King: "Liverpul" markaziy zonani kuchaytirishi shart"
King "Liverpul"ning markaziy zonadagi muammolari haqida fikr bildirdi.
King o'z maqolasida "Liverpul"ning himoyadagi muammolariga to'xtalib o'tdi:
"1-martdan buyon "Liverpul" barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazdi va ularning faqat bittasidagina o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Maydon markazidagi ishonchsizlik saqlanib qolar ekan, bu borada o'sish bo'lishiga umid qilish soddalikdir.
Bir aniq zona kuchaytirilishga muhtoj. Van Deyk buni ko'rib turibdi — muammo aynan uning old qismida. Boshqalar ham buni sezishmoqda, jumladan, "Nyukasl" markazdan qanchalik oson o'tib ketganidan hayratda qolgan Iraola ham. Agar u o'rta zonadagi muammoni hal qilmasa, "Liverpul"ga juda qiyin bo'ladi".