Liverpulda yangi davr: 1892 Holdings investitsiyalari klubga qanday ta'sir qiladi?
Liverpul moliyaviy tahlilchisi Mo Chatra 1892 Holdings konsorsiumi klubga kirib kelishi va kutilayotgan moliyaviy o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.
Liverpul moliyaviy tahlilchisi Mo Chatra klubdagi yangi o'zgarishlar va 1892 Holdings konsorsiumining kirib kelishi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
🛑Amit Bxatiya Liverpul direktorlar kengashiga vitse-rais sifatida qo'shiladi, shuningdek, 1892 Holdings tuzilmasidan yana ikki vakil kengash a'zosi bo'ladi. Shu tariqa, yangi konsorsium shunchaki passiv hamkor emas, balki klub rivojlanish yo'nalishiga katta ta'sir ko'rsatadigan guruh sifatida ish boshlaydi.
🛑FSG turli baholarga ko'ra, 1.4 milliarddan 1.6 milliard funtgacha mablag'ga ega bo'ladi, ularni klubga yoki o'zining boshqa loyihalariga yo'naltirishi mumkin. Effekt moliyaviy hisobotlar e'lon qilingandan so'ng aniq bo'ladi.
🛑Klub faoliyatida tezkor o'zgarishlar kutilmasa-da, Chatra 1892 Holdings kadrlar masalasida faol bo'lishini taxmin qilmoqda. Hozircha bu ko'zga tashlanmasligi mumkin, ammo yanvar oyidagi transfer oynasida va ayniqsa 2027-yil yozgi transferlarida farqni sezishimiz mumkin.
🛑Yaqin 12 oy ichida Standard Chartered va Expedia bilan yirik homiylik shartnomalari yakuniga yetadi. Yangi bitimlardan biri investorlar bilan bog'liq kompaniya bilan tuzilishi ehtimoli yuqori.
🛑Masalan, hamkorlik qoidalaridagi o'zgarishlarga qaramay, Amazon yangi titul homiysi bo'lishi mumkin — yuridik jihatdan bu taqiqlanmagan. Standard Chartered bilan hozirgi bitim yiliga 55 million funtga baholansa, Siti va Etihad o'rtasidagi shartnoma qariyb 100 million funtni tashkil etadi. Amazon shunga yaqin summadagi homiyga aylanishi mumkin.
🛑Bo'lajak tijoriy bitimlardan qat'i nazar, yangi investorlarning ishtiroki klubga daromadlarni yangi bosqichga olib chiqishda yordam berishi kerak. Aynan shu masalada 1892 Holdings asosiy rolni o'ynashi kutilmoqda.
🛑Shuningdek, yangi investorlar Richard Xyuz kuzda klubni tark etganidan so'ng, boshqaruv jamoasini shakllantirishda faol ishtirok etishi mumkin. Chatra bu yerda nafaqat futbolchilarni jalb qilish, balki ularni saqlab qolish muammosiga ham urg'u beradi — Liverpul asosiy tarkib o'yinchilari shartnomasi yakunlangach, tekinga ketib qolishi tufayli ko'p yo'qotishlarga uchradi.
🛑Garchi ba'zi muxlislar yangi investorlarni to'liq qabul qilmasa-da, ko'pchilik klubga kiritilayotgan ulkan investitsiyalar ortidan keladigan o'zgarishlarni kutishga asosli sabablarga ega.