Bilal El-Xannus uchun kurash qizg'in pallada
«Nyukasl» Bilal El-Xannusni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchi uchun «Everton» va Saudiya klublari ham kurash olib bormoqda.
⚡️ «Nyukasl» Bilal El-Xannusga qiziqish bildirmoqda. O'yinchi tomoni bilan aloqalar o'rnatilgan, ammo «Shtutgart» bilan hali muzokaralar boshlanmagan.
Manbalar xabariga ko'ra, 22 yoshli yarim himoyachiga «Everton» va Saudiya Arabistonining ikki klubi ham qiziqish bildirmoqda.
«Shtutgart» El-Xannus uchun 50–60 million yevro talab qilmoqda.
🥇 Patrik Berger