Arsenal Vinisius Juniorni erkin agent sifatida kutishi mumkin
Ryan Taylor xabariga ko'ra, "Arsenal" Vinisius Juniorni erkin agent sifatida kutishga tayyor. Bu holatda Gabriel Martinelli jamoada qolishi mumkin.
Ryan Taylor fikricha, agar Vinisius Junior yangi shartnoma imzolamasdan "Real"da qolishga qaror qilsa, "Arsenal" 2027-yilgacha kutishga va u erkin agent maqomini olganida yanada kattaroq moliyaviy taklif bilan chiqishga tayyor.
Bunday holda, Gabriel Martinelli yana bir mavsum jamoada qolishi va asosiy chap qanot vingeri o'rni uchun Xristos Tsolis bilan raqobatlashishi kutilmoqda.