Lautaro Martinez Argentina terma jamoasi safidagi gollari soni bo'yicha Serxio Aguero bilan tenglashib oldi. Oldinda faqat Batistuta va Messi.
Lautaro Martinez Argentina terma jamoasi safidagi gollari soni bo'yicha Serxio Aguero bilan tenglashib oldi. Navbatdagi gol «El Toro»ni terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar reytingida yakka-yolg'iz uchinchi o'ringa olib chiqadi.
Oldinda faqat Gabriel Batistuta (55) va Lionel Messi (125) bormoqda.
Serxio Aguero Gabriel Jezusning Barselona jamoasiga mos kelishi mumkinligi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Serxio Aguero Gabriel Jezus haqida fikr bildirdi:
Gabriel Jezus Barselonaga katta foyda keltirishi mumkin. Pep bizga hujumga yo'naltirilgan hujumchi kerak bo'lganda undan foydalanardi va uning aniq roli bor edi. Flikda ham shunga o'xshash uslub mavjud.
Fil Foden Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan tarixda "Manchester Siti"ning 6-futbolchisiga aylandi.
Fil Foden Chempionlar ligasi doirasidagi o'yinda xet-trik qayd etgan tarixda "Manchester Siti"ning 6-futbolchisiga aylandi.
• Avvalroq Alvaro Negredo, Gabriel Jezus (ikki marta), Serxio Aguero (ikki marta), Rahim Sterling va Erling Xoland uchta gol urishga muvaffaq bo'lishgan.
Noel Gallagher «Manchester Siti»ning quyi ligaga tushib ketishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.
Noel Gallagher «Manchester Siti»ning divizionda quyi ligaga tushib ketishi ehtimoli haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Qani, urinib ko'ringlar. Men bu klub bilan shunday tubanliklarni ko'rganmanki, sizlar tasavvur ham qila olmaysizlar. Hatto bu klubga Ugandada yopiq eshiklar ortida 1500 ta o'yin o'tkazishga to'g'ri kelsa ham, men baribir u yerda bo'laman. Biz bilan birga uchinchi divizionni boshdan kechirgan erkaklar ham xuddi shunday javob berishadi. Agar siz 15 yil oldingi homiylik shartnomalari tufayli ketma-ket qo'lga kiritilgan 4 ta chempionlik, Istanbul va qolgan barcha narsalar endi hech narsani anglatmaydi, klubni yer bilan yakson qilish kerak, muxlislarini esa Shimoliy Koreyaga surgun qilish kerak deb hisoblasangiz, demak siz shunchaki isterikadagi odamsiz. Biz «Manchester Siti»ga Abu-Dabi, Gvardiola, Xoland yoki Aguero uchun muxlislik qilmayapmiz. Biz «Manchester Siti»ga muxlislik qilamiz, chunki bu bizning kimligimizdir».