Alehandro Balde «Barselona»dan ketishi mumkin
The Athletic nashrining xabar berishicha, Alehandro Balde «Barselona»dagi vaziyatdan norozi va klubni tark etish haqida o'ylamoqda.
🛑 The Athletic xabariga ko'ra, «Barselona» Alehandro Baldega mavsumni Xuan Kanseluning o'rinbosari sifatida boshlashini va tarkibdagi o'rni uchun kurashishi kerakligini ma'lum qildi.
Dastlab Balde jamoada qolishga tayyor edi, biroq Xansi Flikning ommaviy bayonotlaridan so'ng vaziyat o'zgardi. Endilikda futbolchining atrofidagilar uning ketishini real variant deb hisoblamoqda.