Vensan Kompani "Bavariya" darvozabonlari Manuel Noyer va Yonas Urbig o'rtasidagi o'yin vaqti taqsimoti haqida izoh berdi.
Vensan Kompani "Bavariya"da darvozabonlar o'yin vaqti qanday taqsimlanishi haqida fikr bildirdi:
"Biz klub ichida Manu va Yonas bilan juda ochiq gaplashib oldik. Bu eng muhimi. Yonas bu mavsumda yana o'z daqiqalariga ega bo'ladi. Bu uning rivojlanishi va umid qilamanki, biz bilan bo'lgan kelajagi uchun muhim. Ammo Manu — bizning birinchi raqamli darvozabonimiz, bu aniq. Biz vaziyatdan mamnunmiz".
Vensan Kompani "Bavariya"ning yangi mavsumdagi maqsadlari, tarkibdagi o'zgarishlar va ligalar o'rtasidagi farqlar haqida fikr bildirdi.
Vensan Kompani Maykl Olise atrofidagi mish-mishlar va uning shaxsiy hayotiga oid savollarga javob berdi:
Bu mavzu men uchun hech qachon ochiq bo'lmagan. Qolganlari esa shaxsiy hayot, bu sizning ishingiz emas. U hozir ta'tilda va buni munosib o'tkazishi kerak.
Ertangi o'yin sardori haqida:
Manu o'yinni boshlaydi va u sardor bo'ladi.
FIFA va Infantino haqida:
Mening qat'iy fikrim bor. Ammo mavsumoldi tayyorgarlik boshlangandan beri bu diqqat markazimda emas. Gazeta o'qishga vaqtim yo'q. Bu mening ishim emas, lekin ko'p gap-so'zlar bo'layotgan ekan, demak nimadir sodir bo'lmoqda. Biror narsa deyishdan oldin vaziyatni chuqurroq o'rganishni istayman.
Darvozabonlar holati bo'yicha:
Manu bizning birinchi raqamli darvozabonimiz, buni aniq aytishni yoqtiraman. Lekin biz Yonas Urbigni yaxshi ko'ramiz. Uning rivojlanishida davom etishini istaymiz. U kubok finalida va Chempionlar ligasining muhim bahslarida o'ynadi. Maqsad — unga o'yin amaliyotini berish. Qachon va qanday bo'lishini mavsum davomida ko'ramiz.
Ertangi raqib haqida:
Aston Villa — juda yaxshi murabbiyga ega top jamoa. Ularning tarkibi keng va iqtidorli futbolchilari ko'p. Ular bizdan ko'ra ko'proq o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishdi, ammo bu biz uchun yaxshi sinov. Jamoamizning jismoniy holati haqida ko'p narsalarni bilib olamiz.
Mavsumdagi maqsadlar haqida:
O'tgan mavsumni yaxshilash qiyin, gap faqat sovrinlarda emas, balki kiritilgan gollar va o'yinlar sonida ham. Bu imkonsiz emas, lekin qiyin. Hozir maqsadimiz — Chempionlar ligasini yutish, bunga shubha yo'q. Bundesliga, Kubok va Chempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun butun jamoa sog'lom va tayyor bo'lishi kerak.
Premyer-liga va Bundesliga solishtiruvi:
Ligalar o'rtasidagi solishtiruvlar juda oddiy, moliyaviy resurslarga qarash kerak. Premyer-ligada eng katta mablag' bor, shuning uchun u dunyodagi eng yaxshi liga. Menimcha, Bundesliga ikkinchi o'rinda. Premyer-ligada iqtidorlar ko'p, chunki katta pul bilan ko'plab yulduzlarni sotib olish mumkin. Ammo Bundesligada kuchli muxlislik madaniyati va har bir klubda yetishib chiqayotgan iqtidorli o'yinchilar bor.
Manuel Noyer kelasi yozda futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. U o'z o'rnini Yonas Urbigga bo'shatib berishga tayyor.
🆕 Manuel Noyer kelasi yozda faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda!
✔️ Darvozabonning atrofidagilarning xabar berishicha, o'tgan mavsum Noyer uchun faoliyatidagi eng yoqimli mavsum bo'lgan. U terma jamoaga qaytganidan ham afsuslanmaydi.
⚠️ Jamoa sardori joriy mavsumni davom ettirishga qaror qildi, chunki u faoliyatini Chempionlar ligasidagi yana bir g'alaba bilan yakunlash uchun katta imkoniyat borligini his qilmoqda.
🗓 2027/28 yilgi mavsumdan boshlab Yonas Urbig yaqqol birinchi raqamli darvozabon bo'ladi. Noyer bilan ushbu mavsum Urbigni uning vorisi sifatida tayyorlash uchun foydalanilishi allaqachon muhokama qilingan.
✔️ Mazkur reja may oyida Noyerning shartnomasi uzaytirilishidan oldin Drezen, Eberl, Froynd va Noyer o'rtasida kelishib olingan.
❌ Noyer Urbigning rivojlanishiga to'sqinlik qilishni istamaydi va shu mavsumda unga ba'zi o'yinlarda maydonni bo'shatib beradi.
ℹ️ Drezen, shuningdek, Noyerga u faoliyatini yakunlaganidan keyin klubda boshqa lavozimda ishlashi uchun eshiklar ochiq qolishini aytgan.
Manuel Noyer faoliyatini yakunlashi, Chempionlar ligasidagi maqsadlari va jamoadoshlari bilan munosabatlari haqida gapirib o'tdi.
✨ Manuel Noyer faoliyatini kelasi yozda yakunlashi borasidagi savolga javob berdi:
Yo'q, hech narsa 100 foiz hal qilinmagan. Bu toshga o'yilgan qaror emas, lekin ehtimol yuqori.
✨ Noyer joriy mavsumda Chempionlar ligasida g'alaba qozonishlariga ishonadimi?
Mutlaqo. Bizda har doim finalga chiqish imkoniyati bo'lgan. Jamoamiz doimo bunga yaqin edi. Ishonchim komilki, bizda istalgan raqibni mag'lub etish uchun sifat, mentalitet va taktik ruh yetarli. Biz oldinga o'tishga juda yaqin edik va o'ylaymanki, uchinchi urinish omadli kelishi mumkin, biz buning ustida ishlayapmiz.
✨ Noyer Yonas Urbig bilan munosabatlari haqida:
Bizning munosabatlarimiz juda ochiq. Biz o'z ishimizga ishtiyoq bilan yondashamiz va bir-birimizni ruhlantirishga harakat qilamiz. Shuningdek, umumiy qiziqishlarimiz ham bor. Yonas va men haqimizda ko'p yozishadi, lekin aslida darvozabonlar jamoasida barchamiz bir xilmiz. Biz juda yaxshi chiqishamiz. Biz juda ko'p ishlaymiz, shuningdek, Sven Ulrayx va bizga yordam beradigan yosh darvozabonlar, hamda darvozabonlar murabbiylari bilan ham. Barchamizning munosabatlarimiz juda yaxshi, biz shunchaki mashg'ulotlar va o'yinlardan zavq olamiz hamda har doim jamoadan maksimal natijani chiqarishga intilamiz.
Yonas Urbig «Bavariya» darvozabonlari o'rtasidagi munosabatlar va jamoaviy muhit haqida fikr bildirdi.
Yonas Urbig «Bavariya» darvozabonlari o'rtasidagi muhit haqida gapirdi:
Manu bir safar biz raqib bo'lsak-da, ayni paytda do'st ekanligimizni aytgandi. Men darvozabonlar guruhimizni aynan shunday ta'riflagan bo'lardim: maydonda bir-birimizni kuchliroq bo'lishga undaymiz, maydon tashqarisida esa bizni umumiy qiziqishlar birlashtiradi. Biz yagona jamoamiz va buni saqlab qolmoqchimiz.