Joze Mourino Trent Aleksander-Arnolddan yangi rolda foydalanmoqchi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 14

Joze Mourino Trent Aleksander-Arnolddan yangi rolda foydalanmoqchi

📰 Marca xabariga ko'ra, Trent mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida Mourino va uning yordamchilarida juda yaxshi taassurot qoldirdi.

27 yoshli himoyachi Angliya terma jamoasining so'nggi jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilmaganidan so'ng, «Real» safiga yuqori motivatsiya bilan kelib qo'shildi.

📰 AS ma'lumotiga ko'ra, Mourino «Fiorentina»ga qarshi o'yinda Trentdan to'p nazorati vaqtida qo'shimcha yarim himoyachi sifatida foydalandi. Murabbiy «Real»ning markaziy chizig'iga ko'proq ijodkorlik qo'shmoqchi.

Mourino britaniyalik futbolchining kelgusi mavsumda maydon markazida o'ynab, to'pni oldinga tashishini istaydi. Shu sababli, portugaliyalik mutaxassis hujumda kenglikni ta'minlay oladigan va raqib himoyasi ortiga yorib kira oladigan qanot himoyachisini xarid qilishni muhim deb hisoblamoqda.

Bundan tashqari, Mourino Trentni standart vaziyatlarning asosiy ijrochisiga aylantirmoqchi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!