🔵 Xabi Alonso «Chelsi» erkin agentlarni tarkibga qo'shib olishi mumkinmi degan savolga javob berdi:
«Yo'q. Biz variantlarni ko'rib chiqqanmiz. Ammo yo'q».
💬 Moyzes Kaysedo jarohati haqida:
«Uning boldir mushagida muammo bor. Bu «Brayton»ga qarshi o'yindan oldin sodir bo'lgan jarohatning o'zi. Men Moyning o'ynashini xohlagandim. Balki bu mening xatomdir — uning safga qaytishini juda erta tezlashtirib yubordim. Shuning uchun hozir ehtiyotkorlik qilyapman va o'sha xatoni takrorlashni istamayman».
💬 «Arsenal»ga qarshi o'yindagi yarim himoya haqida:
«Biz katta tahlil o'tkazdik, ammo u jamoa ichida qoladi. Biz o'z ichki tahlilimizni olib boryapmiz, futbolchilar bilan gaplashdik va, albatta, yaxshilanishi kerak bo'lgan jihatlar borligini tushunamiz. Ammo transfer oynasi yopilgandan so'ng aytganimdek, men ushbu tarkibga to'liq ishonaman va undan mamnunman. Biz jarohatlar bilan kurashishga majburmiz, ammo barcha futbolchilarimiz, jumladan, ko'plab muhim o'yinchilar safga qaytgach, oldinga qadam tashlay olamiz deb o'ylayman».
💬 Kendri Paesning asosiy jamoa rejalariga kirishi haqida:
«Yo'q, yo'q. Yanvargacha u bizning rejalarimizga kirmaydi. Ayni damda u asosiy jamoa tarkibining bir qismi emas».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!