O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining 1-turida Filippin bilan durang o‘ynadi. Navbatdagi bahs Xitoyga qarshi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. Vakillarimiz musobaqaning 1-turida Filippin ayollar terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi terma jamoamiz ustunligida o‘tdi. Futbolchilarimiz bir qator xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, tanaffusga qadar hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida Mehribon Egamberdiyeva gol urib, O‘zbekiston terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 89-daqiqada Natali Kollins javob golini kiritib, muvozanatni tikladi.
Shu tariqa Kotrina Kulbite boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini durang bilan boshladi.
Terma jamoamiz guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 17-sentabr kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo o'yinlari doirasida Xitoy bilan durang o'ynab, tarixiy natija qayd etdi.
O'zbekiston futboli tarixida yangi sahifa: ayollar milliy terma jamoamiz Xitoy bilan durang o'ynadi.
Bugun Yaponiyada bo'lib o'tayotgan XX Osiyo o'yinlarida 2-tur uchrashuvlari start oldi. Tur doirasida O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushdi.
Xitoy ayollar terma jamoasi ayni vaqtda FIFA reytingida 16-o'rinni egallab turibdi. Shuningdek, jamoa Osiyo kubogining 9 karra hamda Osiyo o'yinlarining 3 karra g'olibi hisoblanadi.
Kotrina Kulbite boshchiligidagi terma jamoamiz kuchli raqibga qarshi munosib o'yin namoyish etib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. O'zbekiston terma jamoasining goliga Xolida Dadaboyeva (41-daqiqada) mualliflik qildi. Xitoy safida esa Zhan Lin Yang (70-daqiqada) gol urdi.
Shu tariqa, O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Xitoyga qarshi uchrashuvda durang natija qayd etdi.
Terma jamoamiz guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 20-sentabr kuni Gongkongga qarshi o'tkazadi.