O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Gonkongga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Gonkongga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi. O‘FA rahbariyati jamoa bilan uchrashdi.
📸 O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi ertaga Gonkongga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuv oldidan navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazdi.
Mashg‘ulot jarayonini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ham kuzatib, jamoaga yaratilgan shart-sharoitlar va futbolchilarning kayfiyati bilan yaqindan tanishdi.
Rahbariyat vakillari futbolchilarga ertangi bahsda omad va muvaffaqiyat tilab, jamoamizni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi