Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Olympique Lyonnais — yangiliklari Natijalar

Olympique Lyonnais va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Lion 4:0 Renn: «Groupama Stadium»da yirik g'alaba

Lion 4:0 Renn: «Groupama Stadium»da yirik g'alaba

Lion o'z uyida Renn ustidan yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Yigitlarimiz «Groupama Stadium»da muxlislarga haqiqiy bayram tuhfa etishdi.

G'ALABAAAA 💪

Qanday o'yin, qanday bayram, qanday zavq! 😍🔴🔵

Yigitlarimiz bugun «Groupama Stadium»da muxlislarni xushnud etishdi va ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi! 🔥

4:0

Olympique Marseille 2:3 Paris FC: Sinayokodan het-trik

Olympique Marseille 2:3 Paris FC: Sinayokodan het-trik

Parij FK safarda Olimpik Marselni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Lamine Sinayoko het-trik qayd etdi, Kevin Trapp esa ishonchli o'yin ko'rsatdi.

Sinayokoning het-triki bizga g'alaba keltirdi! O'yin natijasiga ko'ra, haqli va gollar boy o'tgan bahsda Parij FK safarda Olimpik Marsel ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Olimpik Marsel 2 — 3 Parij FK | ⚽️ 1’, 19’, 86’ L. Sinayoko

Hujum chizig'ida barchasi yaxshi edi, Sinayoko haqiqiy gol mashinasiga aylanib, 4 ta vaziyatdan 3 tasini golga aylantirdi. Pajis va Koleosho bittadan assist qayd etishdi: Pajis burchak zarbasidan so'ng, Koleosho esa chap qanotni yorib o'tib, bo'sh darvoza qarshisiga to'p uzatdi.

Yarim himoyada ishlar o'rtacha kechdi, hech kim alohida ajralib turmadi. O'yin sifati yomon emasdi, ammo xatolar ham kuzatildi.

Himoya chizig'i esa bugun alohida mavzu. Traore va Shergi Marsel darajasidagi jamoalarga qarshi o'ynatish kerak bo'lgan futbolchilar emasdek. Traoreni kimlar qanday aldab o'tmadi deysiz: Paishao, Mmadi va Guiri. Shergi ikkita golli xatoga yo'l qo'ydi, Koppola ham o'z darajasidan past o'yin ko'rsatdi, bu uning uchun kamdan-kam holat. Parij formasi bilan bu uning ikkinchi yomon o'yini bo'ldi. Darvozabon Kevin Trapp esa yana bir bor o'zini ko'rsatdi, u 3 ta juda xavfli vaziyatda seyv amalga oshirdi.

Zaxiradan maydonga tushganlardan hech kim yaqqol ajralib turmadi, faqat Moyzes maydonga tushib penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi. Yangiliklardan biri shundaki, Zabi o'ng qanot vingeri pozitsiyasida harakat qildi.

Navbatdagi o'yin shanba kuni, 12-sentabr kuni Olimpik Lionga qarshi bo'lib o'tadi.

Lyon 3:1 Auxerre: Lion ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi

Lyon 3:1 Auxerre: Lion ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi

Liga 1 doirasidagi bahsda «Lion» o'z maydonida «Oser»ni 3:1 hisobida mag'lub etib, navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.

G'ALABAAAA 💪

Ishonchli o'yinda «Lion» futbolchilari «Oser»ni mag'lub etishdi va ikkinchi g'alabani tantana qilishmoqda! 🔥🔴🔵

Yana uch ochko jamg'arildi! 💥

3:1