O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Gongkong ustidan g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlarining chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining chorak finaliga yo‘l oldi!
Kotrina Kulbite boshqaruvidagi terma jamoamiz guruh bosqichida Filippin va Xitoy terma jamoalari bilan durang qayd etdi. Bugun esa futbolchilarimiz Gongkong terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi guruh bosqichini 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi va Osiyo o‘yinlarining chorak finaliga yo‘l oldi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum bo'ldi. Jamoamiz guruh bosqichida Filippin, Kuvayt va Vyetnamga qarshi o'ynaydi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi tarkibi ma'lum.
Eslatib o'tamiz, U-23 terma jamoamiz musobaqaning “C” guruhidan o'rin olgan bo'lib, Filippin, Kuvayt va Vyetnamga qarshi bahs olib boradi. Turnirdagi ilk uchrashuvimiz 15-sentyabr kuni Filippinga qarshi bo'lib o'tadi.
Surxon futbolchisi Behruz Shukurullayev Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi yig‘iniga chaqirildi.
Behruz Shukurullayev O‘zbekiston U23 terma jamoasiga chaqiruv oldi.
Jamoamizning yosh va iqtidorli futbolchisi Behruz Shukurullayev Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasining o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga jalb etildi.
Yig‘inning dastlabki bosqichi joriy yilning 1–4-sentabr kunlari Toshkentdagi Milliy futbol markazida o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqich esa 5–11-sentabr kunlari Xitoyda davom etadi.
Shuningdek, 12-sentabrdan 4-oktabrga qadar Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston U23 terma jamoasi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik yig‘iniga «Nasaf» klubidan 5 nafar futbolchi jalb etildi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga 5 nafar «Nasaf» futbolchisi jalb qilindi!
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 1-sentyabrdan Milliy futbol markazida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshladi. Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan yoshlarimiz 10-sentyabr kuni safarda Xitoy U-23 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi yig‘inga jamoamiz a’zolari:
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi XX Osiyo o‘yinlari guruh bosqichida Xitoy, Gonkong va Filippin terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Joriy yilning 19-sentabridan 4-oktabriga qadar Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida XX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun mazkur nufuzli musobaqaning ayollar futboli bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi "G" guruhidan joy oldi. Vakillarimiz guruh bosqichida Xitoy, Gonkong va Filippin terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Osiyo o‘yinlarining avvalgi — Xanchjou-2022 musobaqasida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi tarixiy natija qayd etib, 4-o‘rinni egallagan edi. Endilikda jamoamiz ushbu muvaffaqiyatni yanada yaxshilashni maqsad qilgan.
U-17 qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur'a tashlandi. O'zbekiston terma jamoasi H guruhidan o'rin oldi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) tomonidan U-17 qizlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Qur'a natijalariga ko'ra, Mahliyo Sarikova boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 qizlar terma jamoasi H guruhidan o'rin oldi. Guruhda o'smirlarimizga Bangladesh va Filippin terma jamoalari raqiblik qiladi.
Ma'lumot uchun, saralash uchrashuvlari joriy yilning oktabr oyida bo'lib o'tadi. H guruhi bahslariga O'zbekiston mezbonlik qiladi, bu esa yosh futbolchilarimizga o'z muxlislari qarshisida maydonga tushish imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Gonkongga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi. O‘FA rahbariyati jamoa bilan uchrashdi.
📸 O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi ertaga Gonkongga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuv oldidan navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazdi.
Mashg‘ulot jarayonini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati ham kuzatib, jamoaga yaratilgan shart-sharoitlar va futbolchilarning kayfiyati bilan yaqindan tanishdi.
Rahbariyat vakillari futbolchilarga ertangi bahsda omad va muvaffaqiyat tilab, jamoamizni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik doirasida yig'in boshladi va Xitoy bilan nazorat o'yini o'tkazadi.
O'zbekiston U-23 terma jamoasi 1-sentyabrdan Milliy futbol markazida o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdi. Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlarimiz yig'in oldidan 10-sentyabr kuni safarda Xitoy U-23 terma jamoasiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushadi.
Ravshan Haydarov tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing.