West Ham Riss Nelson transferi bo'yicha kelishuvga erishdi
"Vest Xem" Riss Nelson transferi bo'yicha "Arsenal" bilan kelishuvga erishdi, ammo bitimni yakunlashni biroz kechiktirmoqda.
📝 "Vest Xem"ga yaqin manbalarning xabar berishicha, klub "Arsenal" bilan Riss Nelson transferi bo'yicha kelishuvga erishgan.
Transfer summasi va shaxsiy shartlar bo'yicha kelishib olingan, biroq "Vest Xem" hujum chizig'ini kuchaytirish bo'yicha boshqa variantlarni ham ko'rib chiqayotgani sababli bitimni yakunlashni biroz ortga surmoqda.
Klub kuzatuv ostiga olgan muqobil variantlar qatorida Xarvi Elliot va Amario Kozye-Dyuberri ham bor.
Hozirgi vaqtda Nelson bo'yicha kelishuv o'z kuchida qolmoqda.