Santi Auna va boshqa manbalarga ko'ra, Iliman Ndiaye transferi bo'yicha «Tottenxem» hamda «Manchester Siti» variantlari ko'rib chiqilmoqda.
Santi Auna ma'lumotiga ko'ra, Iliman Ndiaye hujum chizig'ini kuchaytirish uchun «Tottenxem» variantlari qatoriga kiradi. Risharlison esa aksincha «Everton» safiga o'tishi mumkin.
Iliman Ndiaye va «Manchester Siti» o'rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda va «Siti» ham ushbu kelishuvga Jek Grilishni qo'shib yuborishi mumkin.
Manchester Siti bosh murabbiyi Enso Mareska Jek Grilishning jamoadagi kelajagi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Enso Mareska Jek Grilishning kelajagi haqida:
Jek shu yerda ekan, u biz bilan qoladi. Mening vazifam unga eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga yordam berish, qolganini esa yaqin 4-5 kun ichida ko'ramiz. Men Jek bilan deyarli har kuni gaplashib turibman.
Devid Ornshteyn xabariga ko'ra, «Sanderlend» Jek Grilishni ijaraga olish bo'yicha taklif bilan chiqdi.
⚡️ Devid Ornshteyn xabariga ko'ra, Jek Grilish «Sanderlend»da paydo bo'lib qolishi mumkin.
«Mushuklar» Jekni ijara asosida olish va uning maoshining bir qismini to'lash bo'yicha taklif yuborishdi. Kelgusi yozda Grilishning shartnomasi yakuniga yetadi va shundan so'ng u «Sanderlend» bilan to'laqonli shartnoma imzolashi mumkin. Shu bilan birga, klub «Marsel» bilan Payshao transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
"Arsenal" Morgan Rojersni o'z safiga qo'shib olishga yaqin. Futbolchi "Aston Villa"dan ketishga tayyor, biroq klub uni katta mablag' evaziga qo'yib yuborishi mumkin.
Graeme Bailey xabariga ko'ra, "Arsenal" Morgan Rojers bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishganidan so'ng, futbolchini o'z safiga qo'shib olishga bo'lgan ishonchi ortmoqda.
TEAMtalk ma'lumotiga ko'ra, "Arsenal" ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda va yaqin kunlar ichida "Aston Villa"ga murojaat qilishi kutilmoqda.
"Aston Villa" Rojers sotilmasligini qat'iy ta'kidlayotgan bo'lsa-da, klub 2021-yilda Jek Grilish uchun "Manchester Siti"dan olingan 100 million funt sterlingdan yuqori bo'lgan rekord darajadagi taklifgina muzokaralarni boshlashga majbur qilishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.
Vaziyatdan xabardor manbalarning TEAMtalk'ga ma'lum qilishicha, Rojers "Arsenal"ga o'tishni istamoqda va bu transferni o'z faoliyatidagi navbatdagi ideal qadam deb hisoblamoqda.
Sanderlend Jek Grilishni ijaraga olish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Manchester Siti futbolchining maoshining bir qismini to'lab berishga tayyor.
🚨 "Sanderlend" Jek Grilishni "Manchester Siti"dan ijaraga olish bo'yicha taklif bilan chiqdi.
💸 "Siti" futbolchining maoshining bir qismini to'lab berishga tayyor. Kelasi yozda, o'yinchi bilan tuzilgan shartnoma muddati tugagach, uni to'liq transfer qilish imkoniyati ham ko'rib chiqilmoqda.
«Everton» bosh direktori Angus Kinnear Jek Grilish bilan aloqalar va uning «Manchester Siti»dagi holati haqida gapirdi.
Angus Kinnear, «Everton» bosh direktori, Jek Grilish haqida quyidagicha fikr bildirdi:
Jek Grilish — biz aloqani saqlab qolayotgan o'yinchi. O'tgan mavsum oxirida u shart bo'lmasa ham, aynan bizda reabilitatsiya o'tashga qaror qilgani sir emas. U to'g'ri ko'k rangga oshiq bo'lib qoldi, ammo hozir Jek «Manchester Siti» o'yinchisi bo'lib qolmoqda va biz buni hurmat qilishimiz kerak. Eng muhimi — u qaytdi. U juda jiddiy jarohat olgandi va tiklanish uchun ulkan ish bajardi.