Manchester United yozgi transferlar uchun nomzodlarni o'rganmoqda. Klub yarim himoya va chap qanot himoyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
The Telegraph muxbiri Jeyms Daker xabariga ko'ra, Manchester United yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun nomzodlarni sinchkovlik bilan o'rganmoqda.
Jamoa jismoniy tayyorgarlik, harakatchanlik va chidamlilik kabi sifatlarga ega o'yinchilarni qidirmoqda.
Hozircha klub bitta yarim himoyachi uchun 60-80 million funt sterling sarflashga tayyor emas, agar juda qulay variant chiqmasa, bu mablag' ajratilmaydi.
Chap qanot himoyachisi pozitsiyasi ham klub e'tiborida. Kerrik Dorguni chap qanot vingeri sifatida yuqoriroqda o'ynatishni ma'qul ko'rmoqda.
Xoll masalasida esa, Nyukasl uni sotishi uchun juda katta mablag' talab qilinadi, shuningdek, o'yinchining o'zi klubga bosim o'tkazishi kerak bo'ladi. Entoni Robinson esa arzonroqqa tushadi.
Shuningdek, Manchester United Jorjio Skalvini o'yinlarini kuzatmoqda va klubda uni yuqori baholashadi.
Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Manchester United hali uchinchi yarim himoyachini transfer qilish uchun byudjetni tasdiqlamadi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
Manchester United hozircha uchinchi yarim himoyachini sotib olish uchun qancha mablag' ajratishga tayyorligini aniqlab olgani yo'q.
Klubda byudjet bo'yicha yakuniy qaror qabul qilingach va asosiy transfer maqsadi tasdiqlangach, rahbariyat darhol uni tarkibga qo'shib olish ustida ishlashni boshlaydi.
Arsenal Ezri Konsa transferini yakunlamoqda. Shuningdek, Baleba bo'yicha muzokaralar va "Liverpul"dagi tarkib o'zgarishlari haqida.
Jarrall Kvansa'ning "Arsenal"ga o'tishi haqidagi gap-so'zlar kun tartibidan tushib qolganga o'xshaydi. "Arsenal" chempionlikni himoya qilish emas, balki yangi sovrinlar uchun hujum qilishni maqsad qilgan. David Ornstein xabariga ko'ra, klub "Aston Villa" himoyachisi Ezri Konsa transferini yakunlamoqda. Transfer summasi hozircha ochiqlanmagan, ammo bir hafta avval "Arsenal"ning dastlabki taklifi 30 million funtni tashkil etgani, "Villa" esa 60 milliondan ortiq mablag' talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Tomonlar qaysi narxda kelishgani keyinroq ma'lum bo'ladi.
David Ornstein ma'lumotiga ko'ra, Baleba nomzodi ham kun tartibidan tushishi mumkin, garchi u "Liverpul"ni hech qachon jiddiy qiziqtirmagan bo'lsa ham. "Manchester Yunayted" futbolchi uchun 60+5 million funt taklif qilmoqda. Bu "Brayton" belgilagan narxdan pastroq, ammo tomonlar kelishuv ustida ishlamoqda.
Agar klub Jonsni sotib yuborsa, yarim himoyachi sotib olish kerak bo'ladi. Yoki N'yoni va Makkonnelga ishonch bildiriladimi?